$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Litsenziyasi bekor qilingan yana bir xususiy universitet: Sabab nima edi?

edu talaba otm bakalavr

So‘nggi yillarda yurtimizda nodavlat OTMlarning ortib borishi bilan birgalikda ularga litsenziya berish va bekor qilish masalalarida turli muammolar yuzaga qalqyapti. Kuni kecha oliy ta’limga qabul va grant ajratishdagi o‘zgarishlar borasida o‘tkazilgan matbuot anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati yana bir nodavlat OTMning litsenziyasi bekor qilinganini ma’lum qildi.

Talabalar taqdiri nima bo‘ladi?

Xabarda aytilishicha, 2024-yil 19-aprelda Toshkent Texnologiyalari universitetining litsenziyasi bekor qilish bo‘yicha sudning ajrimi e’lon qilingan. Kelasi o‘quv yilidan ushbu OTM o‘z faoliyatini uzil-kesil davom ettirmaydi. Universitet talabalari esa boshqa oliygohlarga o‘qishga ko‘chiriladi. Avvalroq Oliy ta’lim vazirligi hech qaysi talaba ko‘chada qolmasligini ta’kidlagan edi.

“Qizil yonganda” yoxud OTMning faoliyati nega to‘xtatildi?

Anjumanda shu va shu kabi savollarga javoban ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov nodavlat OTMlarda o‘tkazilayotgan reytinglarga izoh berib o‘tdi:

— Qachon nodavlat OTMga o‘rganishga boriladi? Qachonki o‘sha tashkilotdan norozilik sifatida murojaat bo‘lganida. “Risk analog” degan narsa bor, ya’ni qizil yonganda o‘sha yerning talabalari vazirlikka murojaat qilishadi. O‘sha murojaat asosida biznes ombudsmanga gapiramiz. O‘z-o‘zidan vazirlik borib tekshirolmaydi, kirolmaydi ham... Ruxsat olgan holda qonun doirasida o‘rganiladi va inson – aynan talabalarga, professor-o‘qituvchilarga salbiy ta’sir qiladigan omillar aniqlanganida ularning faoliyati bo‘yicha sudga murojaat qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2023-yil iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 210 ta OTM mavjud bo‘lib, ularning 115 tasi davlat, 65 tasi nodavlat hamda 30 tasi xorijiy xususiy OTM (yoki uning filiallari) hisoblanadi.

Ushbu xususiy OTMlardan hozirgacha litsenziyasi bekor qilinganlari:

1. Valley Innovative university;

2. Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti;

3. Namangan xalqaro universiteti;

4. Urganch Binary xalqaro universiteti;

5. Toshkent texnologiyalar universitetidir.