$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik toʻxtatiladi

chek

Soliq qoʻmitasi ma'lum qilishicha, katta hajmdagi ma'lumotlar yangi serverlarga ko‘chirib o‘tkaziladi.

Cheklarni tahrirlash imkoniyati cheklanadi

Shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktyabr soat 18:30 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT(nazorat kassa mashinalari) cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi.

Shuningdek, joriy yilning 31-oktyabr soat 23:00dan 5 noyabr soat 23:59ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni toʻlash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida ma'lumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha toʻxtatiladi.

EHF, soliq imtiyozlari va E-ijara axborot tizimlari vaqtinchalik ishlamaydi

Avvalroq, soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilinishi munosabati bilan, 29-oktabr soat 20-00 dan 30-oktabr soat 09-00 ga qadar EHF, soliq imtiyozlari hamda E-ijara axborot tizimlari vaqtinchalik ishlamasligini maʼlum qilgan edi. 

2022-yilda onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga ruxsat berildi

Maʼlumot uchun, 2022-yil 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida shu yilning 1-yanvaridan xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga ruxsat berilgandi. Buning uchun Elektron soliq xizmatlari portali orqali shaxsiy kabinetga kirish kerak bo‘ladi. Unda “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” bo‘limiga kiriladi.

Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek ma’lumotlarini tahrirlash mumkin bo‘ladi.