$
 12571.90
-13.11
 13465.76
-73.19
 143.83
-1.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Urushni yoqlamagan muhojirlar Rossiyadan deportatsiya qilinishi mumkin

Deport

“Госдума”ning mudofaa qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, deputat Aleksey Juravlyov Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamagan muhojirlarni deport qilishni, ularning mamlakatda qolish asoslarini bekor qilishni taklif qilmoqda. Bu haqda Migrant.uz nashri ma’lum qildi.

Ikkinchi o‘qish muhokamasi

“Госдума”da ayni kunlarda muhojirlarni Rossiyadan majburiy chiqarib yuborish bo‘yicha qonun ikkinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda. Parlamentariy o‘z taklifini shu muhokama doirasida bildirgan.

Qonun moziyni ham o‘z ichiga olishi mumkin

Deputat Juravlyovga ko‘ra, yangi qonunda muhojirlarni Rossiyaning an’anaviy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarini hurmat qilmagani, vatan himoyasi va fashizm ustidan g‘alabada rus xalqining qahramonliklari haqidagi tarixiy haqiqatni noto‘g‘ri talqin qilgani uchun deport qilish kerak.

Aleksey Juravlyov migratsiya oqimida kirib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday g‘oyaviy ziddiyatlarni oldini olish uchun choralarni oldindan ko‘rish kerakligini alohida ta’kidlagan.

Urushga ketgan 10 ming muhojir

Yaqinda Rossiya fuqaroligini olgan 10 mingga yaqin muhojirlar Ukrainadagi urush ishtirokchisiga aylangani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin XII Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida Rossiyada fuqarolikni olgan va harbiy roʻyxatdan oʻtishni istamagan 30 mingdan ortiq migrantlarni qoʻlga olingani, ular ro‘yxatdan o‘tkazilib,10 mingga yaqini Maxsus harbiy operatsiya hududiga joʻnatilgani haqida gapirgan edi. 

Теги :
Жамият