$
 12600.05
16.0
 13605.53
70.13
 143.17
-0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

10 mingga yaqin muhojirlarni maxsus harbiy operatsiya hududiga jo‘natdik - Aleksandr Bastrikin

Bastrikin

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning XII Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida bir nechta bayonotlari omma e’tibori va deputatlarning g’azabiga sabab bo’ldi, deb yozmoqda Migrant.uz nashri.

Davlat amaldoriga ko’ra, Rossiya fuqaroligini olgan 10 mingga yaqin muhojirlar Ukrainadagi urush ishtirokchisiga aylangan.

Harbiy roʻyxatdan oʻtishni istamagan 30 mingdan ortiq migrantlarni qoʻlga olingan

“Biz fuqarolikni olgan va harbiy roʻyxatdan oʻtishni istamagan 30 mingdan ortiq migrantlarni qoʻlga oldik, ularni roʻyxatdan oʻtkazdik va 10 mingga yaqinini Maxsus harbiy operatsiya hududiga joʻnatdik”, — deya amaldorning nutqini “РИА Новости” agentligi keltirmoqda.

“Bizga aytishadi: „Ular u yerda nima uchun kerak?” Okop qazish va istehkomlar qurishga, shuning uchun chindanam ishchi qo‘llar kerak bo‘ladi. Ular bugungi kunda front ortidagi bo‘linmalarimiz saflarini to‘ldirmoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan qo‘mita rahbari.

Bastrikin Davlat Dumasini haqorat qildi

Bundan tashqari, Aleksandr Bastrikin muhojirlar haqida gapirayotib Rossiya parlamenti – «Государственная Дума» ni ataydan «Государственная дура» (Davlat ahmog’i) deb atagan.

“Bizning Davlat ahmog’imiz (Государственная Дура) qachon yaxshi qonunlarni qabul qilishini bilishni juda istardim”, degan amaldor.

Bastrikinning so‘zlariga Davlat Dumasi raisining munosabati

Tergov qo‘mitasi rahbarining bu safargi chiqishi nafaqat ziyoli Markaziy Osiyoliklarni, balki Rossiya deputatlarining ham g‘azabini qo‘zg‘atdi.

Bastrikinning bayonotidan so‘ng Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin Bastrikin bu bilan xalqni haqorat qilganini ta’kidladi. Chunki deputatlarni Rossiya fuqarolari saylaydi, deb qo’shimcha qilgan Duma raisi. Deputat Biysulton Hamzaev esa Bastrikinning bayonotini chuqur tekshirishga chaqirdi.

O‘zbek prokurorlarining muhojirlar haqidagi fikri

Ta’kidlash kerakki, o’tgan yilgi forumda Aleksandr Bastrikin O’zbekistondagi hamkasblari bilan muloqotda bo’lganini, o’zbek prokurorlar muhojirlarni Vatanlarida ham hech kimga kerak emasligi, muhojirlarni hech kim hurmat qilmasligini gapirib bergan edi. Rossiyaning yuqori darajadagi amaldorining bunday bayonotlariga O’zbekiston Prokuraturasi hech qanday izoh bermagan. Masala ochiqligicha qolib ketgan.