$
 11783.47
-14.45
 13688.86
-51.0
 139.70
1.7
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga dekret ta’tilidan keyin nafaqa to‘lanadi

2027-yildan boshlab O‘zbekistonda mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan ayollar uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yangi turi joriy etiladi.

Dekret ta’tilidan keyin ham nafaqa beriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan ayollarga bola parvarishi uchun nafaqa to‘lanadi. Ushbu to‘lov homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan kundan boshlab bola bir yoshga to‘lgunga qadar davom etadi.

Nafaqalar Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Tegishli tartib 11-sentabr kuni imzolangan Prezidentning PF-193-sonli farmonida belgilangan.

Ijtimoiy yordam tizimida yana nimalar o‘zgaradi?

Hujjatga ko‘ra, “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari faoliyati saqlab qolinadi. Ularning mablag‘larini boshqarish, shuningdek, ijtimoiy yordam va xizmatlarni tashkil etish vakolatlari shtatlarga o‘tkaziladi.

Ijtimoiy yordamga ehtiyoj qanday aniqlanadi?

2027-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning ijtimoiy yordam va xizmatlarga ehtiyoji, shuningdek, ularni Ijtimoiy reyestrga kiritish ko‘p mezonli baholash tizimi orqali aniqlanadi.

Bunda faqat oilaning moliyaviy ahvoli emas, balki boshqa muhim holatlar ham hisobga olinadi. Jumladan, oila a’zolarida surunkali kasalliklar yoki nogironlik mavjudligi, tashqi mehnat migratsiyasi hamda oilada farzandlar soni kabi omillar inobatga olinadi.

Теги :
Jamiyat