$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Suv tekin deb o‘ylaydiganlarning mushti ham tekinmi?

suv soliq сув солиқ

Sirdaryoda iste’molchi va suv ta’minoti korxonasi vakillari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Iste’molchining bo‘lsa “kuchi oshib-toshib turgan ekan”.

Suv allaqachon tekin emas

O‘z vaqtida suv uchun qilinmagan to‘lovlar uzluksiz ta’minlovning buzilishiga olib kelishini tushunmagan foydalanuvchilar to‘lov qilishdan ham bo‘yin tovlamoqda.

Bugungi kunda, Sirdaryo viloyatida 42 milliard 382 million so‘m miqdorida suvdan qarzdorlik aniqlangan.

Qarzdorlikni to‘lash haqida ogohlantirmoqchi bo‘lganlar qarshilikka uchradi

Viloyatning Guliston tumanidagi xonadonlardan biriga ham suv pulini to‘lash haqida ogohlantirish uchun borgan nazoratchilar xonadon egalarining “yaxshigina” qarshiligiga uchradi.

Tekshiruv reydlaridan maqsad esa, ichimlik suvidan oqilona foydalanish va undan sug‘orish maqsadida foydalanishning oldini olish bo‘lgan.

Qarzini musht bilan “to‘lamoqchi” bo‘ldi

Sohil mahallasi Istiqlol ko‘chasida yashovchi iste’molchining xonadoniga ham borib tekshirilganida, u 3 yildan buyon suv uchun to‘lovlarni amalga oshirmaganligi aniqlandi.

Uyga tekshirish maqsadida kirilganida xonadon egalarining faol qarshiligi va mushtlariga uchragan xodimlar IIBga murojaat etishga majbur bo‘lishgan.

2 million 413 ming so‘m qarzni to‘lamagan

Iste’molchi ichimlik suvidan 2 million 413 ming so‘m qarzi bor ekanligi va uni to‘lashi kerakligi haqida ogohlantirishlarga beparvolik qilib kelgan.

Natijada, suv tarmog‘idan uzish to‘g‘risida xulosaga kelinganida, xonadon egalari nazoratchilar va tasvirchilarga ham tajovuzkorona munosabat bildirgan va suvdan uzishga qarshilik ko‘rsatgan.

Suvni sifatsiz deb shuncha iste’mol qilib qo‘yish...

Markazlashgan ichimlik suvi bilan 94,5% qismi ta’minlangan Guliston tumanida yashovchi “mushtumzo‘r” ham suv yaroqsiz ekanligini bahona qilib kelgan, ammo yaxshigina iste’mol qilgan bo‘lib, to‘lovlarga kelganda yana “bahonalar rejimi”ga o‘tib olavergan.

Guliston shahrida yana suvdan qarzi 5 va 10 million so‘mgacha bo‘lganlar ham bor va ular ham ko‘p bora ogohlantirilgan. Shunga qaramay, qarzdorlikni to‘lamay kelayotganlar suv ta’minotidan uzib qo‘yilmoqda.

Xizmatchilarga kuchingizni ko‘rsatsangiz qarzdan kechib yuborilmaydi

Iste’mol qilgan suv uchun to‘lovlarni amalga oshirish juda muhim va bu qonuniy talab hamdir.

Uyingizga qarzdorligingiz borligi haqida ogohlantirib kelgan xizmatchilarga kuchingizni ko‘rsatish bilan qarzingizdan kechib yuborilmaydi, aksincha, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.