$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda korrupsionerlarning davlat ishlariga kirishi cheklanishi mumkin

korrupsiya corruption

Mamlakatimizda “korrupsiya” so‘zi ishlatilgan 210 ta normativ-huquqiy hujjat mavjud. Albatta ularning barchasida ushbu so‘z korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida ishlatilgan. Biroq har yili eng quyi sohadan tortib, eng yuqori doirada ham milliardlab talon-tarojlar, poraxo'rlik holatlari aniqlanadi. Go'yoki bu qonun-qoidalarning hech biri yetarlicha samara bermayotgandek.

Shu boisdan O‘zbekistonda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan shaxslar ro‘yxatini yuritish va ularning davlat xizmatiga kirishlarini cheklash rejalashtirilmoqda. Bu haqda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya loyihasida ko‘zda tutilgan.

Dasturiy ta’minotda nimalar aks etadi?

Unda korrupsiyaga oid jinoyatlar sabablarini aniqlash hamda jinoyatchilik statistikasini yuritish tizimini takomillashtirish maqsadida bunday jinoyatlar statistikasini yuritishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yaratish rejalashtirilmoqda.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • korrupsiyaviy jinoyatlar va ular natijasida yetkazilgan zararlar hisobini yuritish.
  • korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilish sabablari aniqlash.
  • korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan shaxslar ro‘yxatini yuritish va ularning davlat xizmatiga kirishlarini cheklash.
  • Shuningdek, davlat xizmatchisining xizmat qilgan sohasi bo‘yicha ichki nazorat tuzilmasi tomonidan jinoyatning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi.

Respublikaviy nazorat o‘rnatiladi

Sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlarning yuqori turuvchi sud va prokurorlar tomonidan Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha onlayn rejimda nazorat qilish imkoniyatini yaratiladi.

Yil davomida sudlar tomonidan javobgarlikka tortilgan shaxslar va ularga nisbatan qo‘llanilgan jazo choralari to‘g‘risida, Jinoyat kodeksi moddalari bo‘yicha statistik ma’lumotlar hududlar va sohalar kesimida shakllantiriladi.

Buning natijasida korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasi va ushbu jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar hisobi yuritilib, ularning sodir etilish sabablari tahlil qilinadi.

Sudlar tomonidan qabul qilingan barcha turdagi qarorlar tizimga yuklanishini hisobiga ular tomonidan noto‘g‘ri jazo tayinlash, asossiz jazodan ozod qilish yoki boshqa noqonuniy qabul qilingan qarorlarning yuqori turuvchi sud va prokurorlar tomonidan Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha onlayn rejimda nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.