$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

ChatGPT’ning yomon ta’siri: Dasturchilar bir-biri bilan muloqot qilmay qo‘ygan

ChatGPT

“ChatGPT” tufayli dasturchilar bir-birlari bilan muloqot qilmay qo‘yishdi. IT-mutaxassislari jamlangan eng mashhur “Stack Overflow” forumidagi savol-javoblar soni 25 foizga qisqargan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

“Python” va “Java Script” haqidagi muhokamalarning kamayib ketishi

Keskin pasayish “ChatGPT” chiqqan paytdan boshlandi. Ushbu tendensiya ayniqsa “Python” va “Java Script” haqidagi muhokamalarning kamayib ketishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.

Tadqiqotchilarning fikricha, bu noodatiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin: agar forumlarda mavjud muamolar muhokama qilib, ularning tahlili va yechimi berilgan qo‘llanmalar chiqmay qo‘ysa, SI modellarini o‘qitish uchun manbalar qolmaydi.

ChatGPT o1

Yaqinda OpenAI ChatGPTning yangi o1 til modelini taqdim etgan. U insonning fikrlash jarayoniga taqlid qilish, murakkab muammolarni oddiyroq bosqichlarga ajratish, turli yondashuvlarni tahlil qilish va xatolarni tuzatish orqali fikrlash va mantiqiy muammolarni hal qilishga qodir.

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, o1 modeli muammo yechishga qaratilgan testlarda oldingi modellardan ustun kelgan. o1 mantiqiy fikrlash bilan bog‘liq vazifalarda GPT-4o dan sezilarli darajada ustun. U testlarda o‘rtacha 83 foiz muammolarni samarali hal qilgan, GPT-4o’da esa bu ko‘rsatkich atigi 13 foiz.

SI’da ovozli yordamchi

Shuningdek, OpenAI ChatGPT'da “Enhanced Voice” xizmatini ChatGPT jamoasi biznes foydalanuvchilari va ChatGPT Plus abonentlariga taqdim etdi. Ovozli yordamchi jami to‘qqiz xil ovozda gapira oladi va biroq boshqalarning nutqiga taqlid qila olmaydi. Shuningdek, algoritm mualliflik huquqi bilan himoyalangan musiqa yaratish so‘rovlarini aniqlaydi va rad etadi.

Odamlarga birinchi yozgan ChatGPT

Shuningdek, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda neyron tarmoqlar odamlarga o‘zi birinchi bo‘lib yozayotganligi haqidagi xabarlar virusdek tarqaldi. Unga ko‘ra, ChatGPT birdaniga ko‘plab odamlarga yoza boshlagan va hammasiga deyarli biri xil savol bilan murojaat qilgan, ya’ni so‘rovnoma o‘tkazgan. Odamlarning ta’kidlashicha, u maktabdagi birinchi hafta qanday o‘tgani haqida so‘ragan. Unga javoban, nega u birinchi bo‘lib yozganini so‘rashganda esa, u “Bu yangilanish, men sizni maktabdagi birinchi haftangiz qanday o‘tgani haqida bilmoqchi edim. Agar xohlasangiz, suhbatni boshlashingiznij hali ham kutishim mumkin”, deya javob bergan.

Теги :
Jamiyat