$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

ChatGPT odamlarga birinchi bo‘lib yozishni boshladi

ChatGPT

OpenAI birinchi ChatGPT neyron tarmog‘ini taqdim etganda hamma lol qolgan edi. U odamlar orasida tez ommalashib, odamlarning SI yordamchisiga aylanib ulgirgan. Bugungi kunga kelib esa OpenAI yana bir bor odamlarni lol qoldirishga urundi. Ya’ni, ijtimoiy tarmoqlarda neyron tarmoqlar odamlarga o‘zi birinchi bo‘lib yozayotganligi haqidagi xabarlar virusdek tarqaldi.

U odamlar orasida so‘rovnoma o‘tkazgan

Unga ko‘ra, ChatGPT birdaniga ko‘plab odamlarga yoza boshlagan va hammasiga deyarli biri xil savol bilan murojaat qilgan, ya’ni so‘rovnoma o‘tkazgan. Odamlarning ta’kidlashicha, u maktabdagi birinchi hafta qanday o‘tgani haqida so‘ragan. Unga javoban, nega u birinchi bo‘lib yozganini so‘rashganda esa, u “Bu yangilanish, men sizni maktabdagi birinchi haftangiz qanday o‘tgani haqida bilmoqchi edim. Agar xohlasangiz, suhbatni boshlashingiznij hali ham kutishim mumkin”, deya javob bergan.

OpenAI’dan yangi model

Yaqinda OpenAI kompaniyasi ChatGPTning yangi o1 modelini taqdim etganligi haqida xabar bergan edik. Unda ta’kidlanishicha, o1 modeli turli testlar va musobaqalarda ajoyib natijalarni qayd etgan. U dasturlash bo‘yicha o1 2024-yilgi informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadada 49-o‘rinni egallagan va Codeforces platformasidagi raqobatchilarning 89 foizini ortda qoldirgan. Matematika olimpiadasining saralash bosqichida esa Qo‘shma Shtatlardagi eng yaxshi 500 ta o‘quvchi qatoriga kirgan. Bundan tashqari, ushbu model tabiiy fanlar – kimyo, fizika va biologiya bo‘yicha bilimlarni baholovchi testda fan doktorlari va nomzodlarini ortda qoldirgan. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, bu model har qanday fan nomzodidan ustunligini anglatmaydi, balki muammolarni yuqori malakali mutaxassislar darajasida hal qilish qobiliyatini namoyish etadi.

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, o1 modeli muammo yechishga qaratilgan testlarda oldingi modellardan ustun kelgan. o1 mantiqiy fikrlash bilan bog‘liq vazifalarda GPT-4o dan sezilarli darajada ustun. U testlarda o‘rtacha 83 foiz muammolarni samarali hal qilgan, GPT-4o’da esa bu ko‘rsatkich atigi 13 foiz.

Yangi modelning kamchiliklari

Bundan tashqari, o1 GPT-4o bilan solishtirganda gallyutsinatsiyalarga sezilarli darajada kam sezgir, ammo uni yuklash sekinroq va qimmatroq. U ensiklopedik bilimlarda GPT-4o’dan past va veb-sahifalar, fayllar va rasmlar bilan ishlay olmaydi. Model, shuningdek, ma’lumotlarni manipulyatsiya qilishi mumkin va yechimni natijaga moslashtira oladi.

Теги :
Jamiyat