$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda 4 ming 700 ta ko‘prik ta’mirtalab holatda

ko

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 4 ming 700 ta ko‘prik ta’mirtalab holatda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari Qo‘mitasining a’zosi Qahramon Ergashev maʼlum qildi

Sifatli yoʻllar iqtisodiyotni 2 foizga oʻstiradi

BMTning tahliliga ko‘ra, sifatli yo‘llar O‘zbekiston iqtisodiyotining kamida 2 foiz o‘sishiga turtki beradi. 

2009—2016-yillarda 9 trillion so‘m evaziga ming kilometrdan ko‘proq yo‘l qurilgan va 20 ming kilometr ta’mirlangan bo‘lsa, so‘nggi sakkiz yilda bu ko‘rsatkichlar 6 barobargacha o‘sgan. Ya’ni, sohaga 58 trillion so‘m ajratilib, 2 ming kilometr yo‘l barpo etilgan, 100 ming kilometri ta’mirlangan. 

Bugungi kunda esa xalqaro moliya tashkilotlari bilan 729 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqin kunlarda “Qo‘ng‘irot — Beynau” yo‘nalishidagi 240 kilometr yo‘l foydalanishga topshiriladi.

Sohaga xususiy sektor ham jalb qilinmoqda 

Soʻnggi yillarda ushbu sohaga xususiy sektor vakillari ham keng jalb qilinayotgani yaxshi samara berayapti. Xususan, hududlardagi jami 260 kilometr yo‘llarning ekspluatatsiyasi autsorsing asosida tadbirkorlarga berildi. Osiyo taraqqiyot banki loyihasi doirasida 841 kilometr yo‘l qurilishida ilk bor to‘liq mahalliy pudratchilar qatnashishiga kelishildi.

Теги :
Jamiyat