$
 11975.36
-98.06
 14020.75
-113.6
 162.91
-1.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Mehribonlik uyi bolalariga biologik ota-onalari haqida ma’lumot berilmasligi hissiy va ruhiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin

bolalar uyi

O‘zbekistonda bolalarning ishtirok va fuqarolik huquqlari bo‘yicha holat tahlil qilindi. Keltirilishicha, 2018-yilda barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ro‘yxatga olishni ta’minlaydigan tuzatishlar kiritildi. O‘tgan yildan boshlab ota-onalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani bepul olishlari mumkin bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 100 foizi ro‘yxatga olingan. 2019-yilda o‘smirlarga o‘z fikrini bildirish va siyosiy qarorlarga ta’sir o‘tkazish imkonini beruvchi Yoshlar parlamenti tashkil etildi.

Sohada nimalar takomillashtirilishi zarur?

Biroq ushbu sohada kamchiliklar ham yo‘q emas. Xususan, 2020-yilda qabul qilingan “Fuqarolik to‘g‘risida"gi qonun ko‘plab fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘laqonli fuqarolik olish imkonini berdi. Biroq tizimli yondashuv va ishonchli ma’lumotlarning yo‘qligi tufayli ba’zi fuqaroligi bo‘lmagan bolalar va qochqinlar huquqiy maqom olishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

Farzandlikka olish sirini himoya qiluvchi qonunchilik bolalarga biologik ota-onalari haqida ma’lumot olishga to‘sqinlik qiladi, bu esa ularda hissiy va ruhiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Itoatkorlikka yo‘naltirilgan madaniy me’yorlar, ayniqsa, mahalliy darajada bolalar va o‘smirlarning faol ishtirokiga to‘sqinlik qilmoqda. Ayniqsa, qishloq joylardagi qizlar va bolalar o‘rtasida AKTdan foydalanishda tengsizlik saqlanib qolmoqda, bu esa raqamli farqni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar zarurligini ko‘rsatadi.

Muammolarni qanday hal qilish kerak?

Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish sharoitlarini yaxshilash uchun Bola huquqlari qo‘mitasining ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha 2020-yildagi “Fuqarolik to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq tavsiyalarini bajarish, shuningdek, qochqinlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar maqomi to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilish lozim. 

Bolalarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish zarur. Bundan tashqari, davlat organlari hamda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun platformalar yaratish, o‘quvchilarning huquqlarini kengaytirish va raqamli muhitda bolalarning shaxsiy hayotini himoya qilish maqsadida maktablarda o‘quvchilar kengashlarini tashkil etish zarur.

Теги :
Jamiyat