$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Har yetti daqiqada bir o‘smir zo‘ravonlik oqibatida vafot etadi

bolalar-10-8

Songgi yillarda bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zoʼravonliklar soni oshib bormoqda. Har yili kamida bir milliard bola zo‘ravonlikka duch kelmoqda – bu dunyo bolalarining yarmini tashkil qiladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.

Uyda o‘z qarovchilari tomonidan zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar

Dunyodagi 2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘rtdan uch qismi taxminan – 300 million nafari uyda o‘z qarovchilari tomonidan ruhiy tazyiq yoki jismoniy jazoni boshdan kechiradi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 30 ta mamlakatda bir yoshli bolalarning taxminan 10 tadan 6 tasi muntazam ravishda zo‘ravonlikka asoslangan tarbiya asosida voyaga yetmoqda. To‘rtta yosh boladan uchtasi o‘z tarbiyachilari tomonidan muntazam ravishda zo‘ravonlikka asoslangan tarbiya qilinadi.

Har yetti daqiqada bir o‘smir qurbon bo‘ladi

Har yetti daqiqada bir o‘smir zo‘ravonlik oqibatida vafot etadi. Nogironligi bo‘lgan bolalar nogironligi bo‘lmagan bolalarga qaraganda zo‘ravonlikni boshdan kechirish ehtimoli deyarli to‘rt barobar yuqori.

Maktab yoshidagi bolalarning yarmi – 732 million nafari maktabda jismoniy jazo to‘liq taqiqlanmagan mamlakatlarda yashaydi.

O‘zbekistondagi vaziyat

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ham bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko‘paymoqda. 2021-yilda bolalarga nisbatan 1831 ta jinoyat sodir etilgani ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 20 foizga oshib, 2194 taga yetdi.

Ushbu davrda bolaning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar soni 334 tadan 395 taga (+18%) oshdi. Bunday jinoyatlarning aksariyati Farg‘ona (719), Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida qayd etilgan. 2023-yilning dastlabki to‘qqiz oyida esa kamida 1240 nafar bola zo‘ravonlikka, shundan 417 nafari jinsiy zo‘ravonlikka uchragan.

Теги :
Jamiyat