$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2,5 million aholi ishli boʻlishi kutilmoqda

bank

Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid taqdimot bilan tanishdi.

Banklarning moliyaviy barqarorligi va faolligi

Mamlakatimizdagi qulay investitsiya muhiti natijasida banklarning moliyaviy barqarorligi va faolligi oshib bormoqda. Xususan, sohadagi islohotlar tufayli soʻnggi 5 yilda banklarning kapitali 2 barobarga, kredit portfeli 2,3 barobarga hamda yillik kredit ajratish hajmi 1,8 barobarga koʻpaydi.

Xorijiy kreditlar toʻgʻridan-toʻg‘ri olib kelindi

Toʻrtta bank ilk bor yevrobond chiqarib, chetdan 1 milliard 300 million dollar resurs jalb etdi. Oʻtgan yili banklar 3,8 milliard dollarlik, shuningdek, ularning mijozlari hukumat kafolatisiz 6 milliard dollarlik xorijiy kreditlarni toʻgʻridan-toʻgʻri olib kelgan.

Milliy bank va Oʻzsanoatqurilishbankning faoliyati

Taqdimotda Milliy bank hamda Oʻzsanoatqurilishbankning shu boradagi faoliyati haqida axborot berildi.

Joriy yilda Milliy bank tomonidan 6 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, zargarlik tarmogʻida 2,1 trillion soʻmlik 526 ta, xizmatlar sohasida 41,8 trillion soʻmlik kreditlar hisobidan 40 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirish va 2,5 million nafar aholi bandligini taʼminlash koʻzda tutilgan.

Oʻzsanoatqurilishbank bu yil xalqaro moliya bozorlaridan 3 milliard 100 million dollarlik mablagʻ jalb etishni maqsad qilgan. Bank mijozlari bilan umumiy qiymati 4 milliard 800 million dollarlik investitsiya loyihalariga kirishilgan.

25 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrni

Mazkur bank tomonidan qurilish materiallari sohasida 2024-2025 yillarda 529 ta loyiha doirasida 2 milliard 800 million dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, bu orqali 25 mingdan ziyod ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Milliy bank 967 ta, Sanoatqurilishbank 727 ta mahallada ishsiz aholi bandligini taʼminlashga koʻmaklashmoqda. Yana bir muhim jihati, banklar quyi boʻgʻinga tushib ishlayotgani uchun koʻplab biznes tuzilmalar “soya”dan chiqmoqda.

Tadbirkorlarga har tomonlama yordam beriladi

Taqdimotda mijozlarning investitsiya loyihalarini tizimli monitoring qilib, muammolarni tezkorlik bilan hal etib borish zarurligi qayd etildi.

Tadbirkorlarga tuman darajasidan respublika miqyosigacha har tomonlama yordam berish, ularning moliyaviy bilimlarini oshirish va innovatsiyalar bilan tanishtirish muhimligi taʼkidlandi.