$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir necha banklar faoliyati o‘zgarishi mumkin

Марказий банк Markaziy bank

Markaziy Bank tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarmaganligi tufayli bir qator tijorat banklarining faoliyati mikromoliya tashkilotlariga aylantirilishi ehtimoli mavjud. Ularga avvalroq ogohlantirish berilgan edi.

Qonunchilikdagi o‘zgarish

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tijorat banklarining minimal ustavi 350 milliard so‘m qilib belgilangan. Ammo 1-aprel holatiga ko‘ra, 5 ta bankning ustavi 350 mlrd so‘mga yetmagan

6 ta bank faoliyati to‘xtatildi

bankers.uz bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 6 ta bank – Madad Invest bank, hayot bank, Garant bank, Yangi bank, Poytaxt bank va Eron Soderot banklarning ustavi minimumga yetmaganligi sababli ularning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.

Banklarga ogohlantirish berilgan edi

2024-yilning 1-martida ham bankers.uz 9 ta bankning minimal ustavi kamligi haqida yozgan va ushbu banklar bilan bog‘lanib, ularni vaziyat bo‘yicha ogohlantirgan edi. O‘sha paytda Garant bank belgilangan vaqtgacha talabni bajara olmasligini aytgan edi, Poytaxt bank esa muassasaning bu paytda xususiylashtirilayotgan ekanligi tufayli ushbu vazifa bajarilmayotganligini ma’lum qilgan. 15-martda Madad Invest bank, 19-martda Hayot bank 150 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqargan, ammo 1-aprelgacha kapital yetarlicha oshmagan.

Banklar yangi shaklga o‘tkazilishi mumkin

Avvalroq bloger Otabek Bakirov ustavi minimalga yetmagan banklar yangi shaklga o‘tkazilishi mumkin ekanligi haqida yozgan edi. Ular Mikromoliya banklariga aylantirilishi mumkin. Ushbu turdagi banklarning minimal ustav kapitali 50 mlrd so‘m hamda maksimal kapitali 500 mlrd so‘mgacha bo‘lishi belgilangan.