$
 12620.01
-42.0
 13522.34
-71.59
 135.74
-1.91
weather
+26
Кечаси   +14°

1 gramm oltin narxi 1 million so‘mdan oshdi

Олтин Oltin

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining xabar berishicha, 1 gramm oltin quymasining narxi 1 million so‘mdan oshdi.

Grammi million

Oltin kotirovkalarining oshib borayotgani va dollarning so‘mga nisbati ko‘tarilayotgani oqibatida sotuvdagi oltin tangalar narxiga ko‘ra bir gramm oltinning qiymati 1 mln.so‘mdan oshdi. Buni oddiy qilib grammi million desa ham bo‘ladi. 

18,2 % ga qimmatlagan

Endilikda yil boshiga nisbatan 5 grammlik tanganing narxi 18,2 %ga qimmatlab, 5 012 000 so‘mga yetdi. Yanvar oyida eng kichik 5 grammlik tanganing narxi 4 million 239 ming bo‘lgan edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, oltinga kiritilgan sarmoyalar har qanday ko‘chmas mulk, avtomobil, omonat va valyutadan ham ko‘proq foyda keltirganini anglatadi.

O‘sish trendi davom etmaydi

Qayd etish kerakki, oltin kotirovkalarining narxlari har doim ham ko‘tarilavermaydi va o‘sish trendi ham ba’zida ortiga ketishi mumkin. Shu sababdan oltinga iloji boricha bir necha yillik uzun pullar bilan minimumlarda kirib va maksimumlarda chiqish strategiyasi qo‘l kelavermaydi. Tajribasiz foydalanuvchilar uchun bugun oltin olib, ertaga sotish doim ziyonga ishlaydi.