$
 12668.14
-46.99
 14640.57
-89.91
 161.15
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

BAA tarkibidagi “O‘zbekiston fuqarosi” doimgidek Toshkentga kelmaydigan bo‘ldi

Lima

Futbol bo‘yicha BAA milliy jamoasining to‘rt nafar futbolchisi 15-oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinda ishtirok eta olmaydi. 

BAA futbol federatsiyasi ma’lumoti

BAA futbol federatsiyasi saytida e’lon qilingan xabarda himoyachi Kuame Kuadioning sariq kartochkalari to‘planib qolgani, uning pozitsiyadoshi Abdulrahmonda jarohat borligi, yarimhimoyachi Yahyo Nodirning sport formasi joyida emasligi aytilgan, tajribali hujumchi, jamoa to‘purarlaridan biri (30 o‘yinda 12 gol) Fabio de Lima esa shaxsiy sabablarga ko‘ra Toshkentga ucha olmagani ko‘rsatilgan. JCH-2026 saralashi guruh bosqichining 4-turi doirasida kechadigan o‘yin oldidan ro‘yxatdagi to‘rtinchi futbolchi bilan bog‘liq holat muhokamalar markazida bo‘lib turibdi. Bu u o‘tmishda O‘zbekiston “fuqaroligi”ni olgani bilan bog‘liq.

Soxta pasport

Ma’lum bo‘lishicha, asli braziliyalik bo‘lgan Fabio Virjinio de Lima 11 yil muqaddam, 2013-yilda O‘zbekiston “fuqarosi”ga aylanib qolgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Lekin uning pasporti soxta bo‘lgan va bunday raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli bo‘lgan. 

Nikimbayev hikoyasi

FIFA tashkiliy qo‘mitasi a’zosi Alisher Nikimbayev ushbu futbolchi bilan bog‘liq tarixni hikoya qilar ekan U 2023-yil fevralida o‘zining Telegram-kanalida BAA milliy jamoasida muammosiz to‘p surib kelgan “O‘zbekiston fuqarosi”ning pasporti muddati tugagani haqida xabar qoldiradi. “Oddiy tarix. 2010-yillarda BAA klublarida legionerlar limitida osiyolik futbolchiga ajratilgan o‘rin Osiyo mamlakatlari fuqaroligini qabul qilgan boshqa yurt vakillari bilan to‘ldirish harakati boshlangandi. Shu tariqa, Jusiley (“Anji”da braziliyalik edi) kabi “falastinlik”lar ko‘payishdi. Falastin pasporti 25 ming dollarga tushishi haqida ham gap-so‘zlar tarqalgandi. Xullas, 2014/2015-yillar mavsumi boshlanishi arafasida, ajoyib kunlardan birida “Al-Vasl” klubi o‘zbekistonlik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi - Fabio de Lima. Avvaliga hammasi mavhum ko‘rindi. Soliq qo‘mitasi saytida pasport raqamini tekshirish shuni ko‘rsatdiki, bu raqamli hujjat ruscha ism-familiyali ayol yoki erkakka berilgan. Liga klublaridan biri e’tiroz bildirdi, ammo haqiqatni bilishi yoki tagiga yetishi mumkin bo‘lganlarni jazolash asnosida ishni silliq yopishdi. Fabio esa navbatdagi mavsum braziliyalikka aylandi, keyin BAA fuqaroligini oldi va haligacha O‘zbekistonga borishdan qochadi”, deya yozadi mutaxassis. 

Picture background

Bu savolga javobni hech kim bilmaydi

Bugun O‘zbekiston — BAA o‘yini avvalida ushbu mavzu yana aktuallashgach, Nikimbayev bu mavzuga yana to‘xtaldi: “Fabio avvaliga bir pasport raqami bilan zayavka qilingan. Soliq qo‘mitasi sayti tekshirilganida, bunday raqamli pasport egasi ayol kishi bo‘lib chiqdi. Keyin Amirliklar Pro-Ligasi tizimida Limaning yangi pasporti nusxasi paydo bo‘ldi (fotodagi). Va bu pasport raqami tekshirilganida ham slavyancha ism-familiyali boshqa odam chiqib keldi. Norasmiy tekshiruv davomida bu odam topildi va u pasportini go‘yoki Moskvada yo‘qotgani, shu tufayli Toshkentga borishga ruxsat olgunicha ko‘chada yashashga majbur bo‘lganini aytib berdi. O‘zbekiston fuqarosining Moskvada o‘g‘irlangan pasporti nusxasi qanday qilib Amirliklarga borib qolgani - umuman futbolga oid masala emas. Ammo, bilishimcha, O‘zbekistonda [bu borada] rasmiy tekshiruv bo‘lmagan, shuning uchun bu savolga javobni hech kim bilmaydi.”, — deb yozadi Nikimbayev. 

Fabio de Limaning tarixi

Futbolchi 2014-yildan buyon “Al Vasl” safida o‘ynab kelayotgan Fabio 2018-yil fevralida OCHL guruh bosqichi doirasida “Nasaf”ga qarshi o‘yinga ham kelmagan. 2024-yil sentyabrida esa O‘zbekistonning boshqa bir klubi “Paxtakor” Elit OCHL doirasida “Al Vasl” bilan o‘ynadi, Fabio o‘shanda ham Toshkentga kelmadi.

Теги :
Jamiyat