$
 12822.98
13.93
 13823.17
57.28
 131.24
0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamasdan yurgan yo‘lovchilarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda

yo

Avtobusda yo‘l haqini to‘lamasdan yurgan yo‘lovchilar hamda naqd pulda to‘lovni amalga oshirganda chipta taqdim etmagan chiptachilar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

62 holatda bayonnoma rasmiylashtirildi

Aytilishicha, yo‘lovchining shahar ichida va shahar atrofida qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Joriy yilning o‘tgan davrida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-modda (transportda chiptasiz yurish) 2-qismi bo‘yicha 62 ta holatda bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 145-modda (yo‘lovchilarni chiptasiz tashish) 2-qismi (suv, avtomobil transportida va shahar elektr transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish) bo‘yicha 652 ta holatda ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Jarima miqdori qancha?

Ma’lumot uchun, qonunchilikka ko‘ra yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning o‘ndan bir qismi (37 ming 500 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Suv, avtomobil transportida va shahar elektr transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish — BHMning ikki baravaridan (750 ming so‘m) uch baravarigacha (1 million 125 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat