$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Onlayn-auksiondan davlat qancha foyda ko‘radi?

auksion

IMRS 2022-2023-yillarda Yer uchastkalari va unga bo‘lgan huquqlarni elektron onlayn-auksion orqali sotish dinamikasini taqdim etdi.

Bir yilda 586 milliardlik o‘sish

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablag‘lar 2022-yilda 989,3 mlrd.so‘m (boshlang‘ich narxiga nisbatan 1,55 barobar – 636,9 mlrd. so‘m)ni 2023-yilda 1 trln. 223,3 mlrd. so‘m (boshlang‘ich narxiga nisbatan 1,56 baravar – 782,2 mlrd.so‘m)ni tashkil etdi.

Ijara pastlab, mulk huquqi ko‘tarilgan

Yerga bo‘lgan huquq turi bo‘yicha savdoga chiqarilgan yerlar taqsimoti tahlil qilinganda, 2022-yilda auksion savdolariga chiqarilgan lotlarning 65,8 foizi ijara, 34,2 foizi mulk huquqi asosida, 2023-yilda esa 57,7 foizi ijara va 42,3 foizi mulk huquqi asosida savdoga chiqarilganini ko‘rish mumkin.

Auksionga qo‘yilgan yer maydonlari 1,5 baravarga ortgan

2022-2023-yillarda elektron onlayn-auksion savdolariga mulk va ijara huquqi asosida tadbirkorlar va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun chiqarilgan yer uchastkalarining tahlili quyidagilarni aks ettirmoqda:

- 2023-yilda auksion savdolariga qo‘yilgan bo‘sh yer maydonlari 2022-yildagiga nisbatan 1,5 baravar ortgan;

- Yerlarning auksionga ko‘proq chiqarilishiga yerning narxi o‘rtacha 0,8 punktga yoki 50,1 mln. so‘mga tushishiga olib keldi.

Yerdan foydalanish huquqi bo‘yicha:

- mulk huquqi asosida sotilgan yer maydonlari 2023-yilda 2022-yildagiga nisbatan 3,7 baravar (76 gektardan 282,5 gektarga), lotlar soni 1,55 baravar, 1 ga yerning narxi esa o‘rtacha 40,5 foizga ortgan;

- ijara huquqi asosida sotilgan yer maydonlari hajmi 2023-yilda 2022-yildagiga nisbatan 1,9 baravar (826,7 gektardan 1 603,7 gektarga) ortgan. Bu pozitsiya bo‘yicha o‘rtacha 1 ga yerning narxi 2,5 baravar yoki 500 mln. so‘mga oshgan.

Infratuzilma mavjud bo‘lgan yerlarni auksionga chiqarish taklif etildi

Ijtimoiy infratuzilma hamda muhandislik kommunikatsiya obyektlari mavjud bo‘lgan hududlarda namunaviy loyihalar asosida master rejani ishlab chiqish sharti bilan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksionga chiqarish hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan hududlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlari, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda urbanizatsiya jarayonini (o‘sish nuqtalari) chuqur tahlil qilgan holda, infratuzilma mavjud bo‘lgan yerlarni auksionga chiqarish taklif etildi.

Xizmat ko‘rsatish hajmi 3 baravarga oshadi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida hududlarda shaharsozlik loyihalari asosida zarur infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalardagi 233 mingta bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish natijasida hududlarda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish orqali xizmat ko‘rsatish hajmini 3 baravar oshirish mumkin.