$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘t tushgan” oliy ta’lim: Navbatdagi manzil Samarqand

y 10 2

Kuni kecha Toshkent davlat agrar universitetida yong‘in chiqqanligi haqida xabar bergan edik. Bugun esa yong‘in poytaxtdan viloyatlarga “ko‘chgan” — Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti o‘t ichida. Quyidagi videoda buni ko‘rishingiz mumkin:

Oliy ta’lim tizimi “yonyapti”

O‘ziga xos tendensiya kabi davom etayotgan bu yong‘inlar, shusiz ham doimiy tanqidlar ichida bo‘lgan oliy ta’lim tizimiga jiddiy zarba bo‘lishi tayin.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar vazirligining uning viloyatdagi boshqarmasi bu borada axborot berishicha, yong‘in institutning yangi qurilayotgan faollar zalida 23:45 da boshlangan.

Shundan so‘ng,  6 ta yong'in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 23:54 da yetib borib, soat 00:30 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida eski qurilish mahsulotlari yonib ketgani, halok bo‘lganlar hamda jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Tasodifmi yoki...

Bunday ketma-ket yuz berayotgan hamda tayinli izohlanmagan yong‘inlar beixtiyor ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yodiga bundan o‘ttiz yillar muqaddam yuz bergan voqealarni soladi. Axir, saylovga 25 kun qoldi. Viloyat boshqarmasi bergan xabardagi “eski qurilish materiallari yongani” esa boshqa bir taxminni — shu orqali ularning hisobdan chiqarilishi maqsadida uyushtirilgan bo‘lishini ham ilgari surishga sabab bo‘ladi