$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Antikorrupsiya agentligi xodimlari 2023-yilda 26 ta hadya olgan

antikorrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2023-yilda xodimlari tomonidan qanday sovg‘alar qabul qilgan? Bu haqda agentlik saytida e’lon qilingan sovg‘alar reyestridan bilib olish mumkin.

Qiymati 33 million so‘m

Ko‘rsatilishicha, agentlikka 2023-yilda 33 mln. 736 ming so‘mlik 26 ta sovg‘a hadya qilingan. Ularning aksariyati – ramziy suvenir va turli buyumlar.

Eng qimmat sovg‘a nima?

Sovg‘alar ichidan eng qimmati narxi 4,8 mln. so‘m bo‘lgan ikkita suvenir hisoblanadi. Ulardan biri Qatar davlati Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash markazi, ikkinchisi esa Qatar davlati Bosh prokuraturasi tomonidan hadya qilingan. Qatarning davlat audit byurosi sovg‘a qilgan lagan esa 2,4 mln. so‘mga baholangan. 

Shuningdek, sovg‘alar orasida Qatar davlati Mamuriy nazorat va shaffoflik idorasi tomonidan berilgan, Qatar hamda O‘zbekiston davlatlari bayrog‘i aks ettirilgan, metalldan yasalgan kema shaklidagi 2,5 mln. so‘mlik suvenir ham bor. Ularning barchasi agentlik rahbari Akmal Burxonovga hadya qilingan.

Bundan taqshari, Tojikiston davlat Moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan 2,8 mln. so‘mlik yashil oniks vaza, Singapur Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish byurosidan 1 mln. 350 ming so‘mlik rasm, Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan 1 mln. 350 ming so‘mlik suvenir, Tojikiston davlat Moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan 1,6 mln hamda 1,9 mln. so‘mlik ikkita kumush tanga qabul qilib olingan.

O‘zi davlat xizmatchilari sovg‘a olishi mumkinmi?

O‘zbekistonda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun bilan davlat xizmatchilarining sovg‘a olishi masalasi huquqiy tartibga solingan. Shu asosda “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilingan.

1 million 360 minggacha bo‘lgan sovg‘alar egasida qolishi mumkin

Nizomga ko‘ra, qiymati BHMning 4 baravarigacha deb topilgan sovg‘alar davlat xizmatchisida qoldiriladi. Undan yuqori qiymatga ega sovg‘alar davlat organi balansiga kirim qilinib, shu organ ehtiyojlari uchun ishlatiladi.


Ilova: Saytning ichki qismidagi kirill yozuviga asoslangan rukn va ma’lumotlar tez kunda yangilanadi. 

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot