$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Biz ko‘p un ishlatyapmizmi yo kam bug‘doy ekyapmizmi?

un bug

O‘zbekiston Qozog‘iston bug‘doyining yetakchi importchisi bo‘lib qolmoqda. Joriy mavsumning 6 oyi davomida yuk tashish hajmi o‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichdan oshib ketdi.

1,6 million tonna bug‘doy 

APK-Inform rasmiy statistik ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, 2023-24 yil sentyabr-fevral oylarida Qozog‘iston O‘zbekistonga 1,6 million tonna bug‘doy eksport qildi (o‘tgan mavsumning 6 oyida bu ko‘rsatkich 1,529 million tonnaga teng edi).

Fevral oyida eng yuqori ko‘rsatkich 

Xususan, fevral oyidagi eksport ko‘rsatkichi oxirgi 4 oy ichida eng yuqorisi bo‘lib, qariyb 296 ming tonnani tashkil etdi. Shu bilan birga, 2023-yilning fevral oyida bu ko‘rsatkich 313,5 ming tonnaga teng bo‘lgan.

O‘tgan yil yog‘ingarchilik kam bo‘lsa-da, 17 million tonna don (2022-yilda 22 million tonna), shu jumladan, 12,1 million tonna bug‘doy yig‘ib olingan. Bu omillar joriy yilning eksport salohiyatiga ta’sir qilmaydi.