$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Paxta hosildorligi 1,5 baravarga oshgan

paxta xirmon

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2017-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tahlil qildi.

Asosiy o‘sish 2020-yildan boshlangan

Ko'rib chiqilayotgan davrda qishloq xo‘jaligida bir qator muhim islohotlar amalga oshirildi va ular soha rivojiga yangi bir turtki berdi.

2020-2030 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasining tasdiqlanishi, klaster tizimining joriy etilishi, savdoning erkinlashtirilishi va eksportning rag‘batlantirilishi, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berilishi, suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilganda subsidiyalarning taqdim etilishi, AKIS agroxizmatlar markazining ochilishi va boshqalar shular jumlasidandir. 

Paxta va bug‘doy masalasi

Yaratilgan imkoniyatlar mamlakatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, paxta hosildorligi 2017-yildagi 23,8 sentnerdan (gektariga), 2023-yilda 36,0 sentnerga, yoki 1,5 baravarga, bug‘doy hosildorligi 42,2 sentnerdan 47,8 sentnerga yoki 13,3 foizga oshdi.

Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotlari

Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotida qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ulushi bosqichma-bosqich oshib bormoqda. Agar 2017-yilda ularning ulushi atigi 2,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 7,1 foizga yetdi.

Savdo erkinlashishining qishloq xo'jaligiga ta'siri

Savdoni erkinlashtirish va eksportni rag‘batlantirish bilan bog‘liq qonunchilikdagi o‘zgartirishlar 2017-2023 yillarda meva-sabzavotlar eksportini 1,8 barobarga, ya’ni 645,6 million AQSh dollaridan 1 180,8 million AQSh dollarigacha oshirish imkonini berdi.

“O'zbekiston – 2030”da qishloq xo‘jaligi 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida paxta hosildorligini gektariga 45-50 sentnerga, g‘alla hosildorligini 80-85 sentnerga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

Strategiyada fermer va dehqon xo‘jaliklarini yanada qo‘llab-quvvatlashga ham katta ahamiyat berilgan. Xususan, dehqon va fermerlarga sug‘urta mukofotining 50 foizini subsidiyalash tizimini joriy etish, barcha subsidiyalarni “bir qadam” tamoyili asosida “Agrosubsidiya” yagona platformasi orqali taqdim etish rejalashtirilgan.