$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Fayzullayev Osiyoning 2024-yildagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘lishi mumkin

FIFA

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi “Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi” sovriniga nomzodlarning yakuniy uchligini e’lon qildi. Nomzodlar bilan yaqindan tanishamiz.

Qit’a futbolining eng yaxshilari

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda SSKA klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev yakuniy ro‘yxatdan o‘rin oldi. O‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchidan tashqari, Yaponiya yoshlar jamoasi a’zosi Gaku Navata hamda Janubiy Koreyaning “Tejon Sitizen” klubi a’zosi Ba Jun Ho ham g‘oliblikka da’vogar bo‘lib turibdi. Quyida ularning mavsumni qanday o‘tkazgani haqida to‘xtalamiz.

Gaku Navata

Ushbu yaponiyalik futbolchi 2006-yilning 29-iyulida tug‘ilgan. Transmarket portali ushbu futbolchini 50 ming yevroga baholagan. U “Kamimura Gakuyen” maktabining futbol jamoasida o‘ynaydi. Yaponiya U17 terma jamoasi bilan o‘tgan yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan. Yakunlanayotgan mavsum Gaku Yaponiya Takamado chempionatida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi

Gaku Nawata - 選手プロフィール 2024 | Transfermarkt

Jun Ho Bae

Janubiy Koreyalik futbolchi Jun Ho Baye 2003-yilning 21-avgust sanasida tavallud topgan. Transmarket portali Bayeni 1.5 million yevroga baholagan. Ayni paytda ushbu futbolchi Angliya 2-divizioni vakili bo‘lmish, “Stoke Siti” jamoasida to‘p suradi. Joriy mavsumda Baye Chempionshipda 8 ta o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo kubogida ishtirok etdi. Milliy terma jamoa safida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Feyenoord wil Bae overtuigen met Champions League… | FeyenoordPings

Abbosbek Fayzullayev

Abbosbek Fayzullayev 2003-yilning 3-oktyabr sanasida tug‘ilgan. Ayni paytda Abbos O‘zbekistondagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Transmarket portali unga 6 million yevro narx belgilagan. Fayzullayev yakunlanayotgan mavsum Rossiya chempionati va kubogida 13 ta o‘yin o‘tkazdi. Mazkur o‘yinlarda 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Timur Kapadze jamoasining asosiy “figura”laridan biri bo‘lgan Abbosbek U23 Osiyo chempionatida 3 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Olimpiyada o‘yinlarida terma jamoamiz bilan birga barcha o‘yinlarda maydonga tushdi. Shuningdek, Abbosbek milliy terma jamoasi safida, joriy yil 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Файзуллаев считает, что ЦСКА не уступает «Зениту» по составу

Ma'lumot uchun, g‘olib nomi 29-oktyabr kuni Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.