$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°
war of iran vs us-israel

Urush kimlarning cho‘ntagini boyitmoqda?

AQShning Eron bilan mojarosi rasmiy ravishda “Buyuk g‘azab operatsiyasi” (Operation Epic Fury) nomi bilan atala boshlandi. Bu faqat mintaqaviy harbiy to’qnashuv emas, balki Amerika byudjetiga trillion dollarga tushishi mumkin bo‘lgan og‘ir moliyaviy yuk hamdir. Eron bilan urushning dastlabki haftasida AQSh taxminan 6 milliard dollar sarflaganini Pentagon rasmiylari ma’lum qildi. Mablag‘ning katta qismi yuqori texnologiyali raketa mudofaa tizimlari va qurollarga ketgan. AQSh va Isroilning zarbalari natijasida Eronning hujum salohiyati keskin kamaygan bo’lsa-da, bu xarajatlar Washingtonda siyosiy bahslarni kuchaytirdi. Urush mintaqada keskinlashuvni kuchaytirib, minglab insonlar halok bo’lishiga va global energiya bozorida xavotirlar kuchayishiga sabab bo’lmoqda.
Батафсил →

Internet-tadbirkorlar va blogerlar faoliyatini nazorat qilish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi delegatsiyasi blogerlar va internet tarmogʻi orqali faoliyat yurituvchi boshqa shaxslar daromadlari ustidan soliq nazoratini tashkil etish amaliyotini oʻrganish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga ishchi tashrifni amalga oshirdi. Taʼkidlash joizki, joriy yilda blogerlarning reklama faoliyatidan oladigan daromadlari rasman mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) tarkibiga kiritilgan boʻlib, mazkur bozor hajmi qariyb 62 million AQSH dollariga baholanmoqda.
Батафсил →