$
 12179.87
8.26
 14079.93
-37.92
 148.52
-1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Mikrokreditbank 2026-yilda 11 trillion so‘mlik loyihalarni ishga tushirmoqchi

MKBANK matbuot anjumani

26-mart kuni Milliy matbuot markazida Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, bank o‘tgan yil davomida kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratgan. Ayniqsa, qishloq joylarda mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish va mahallabay ishlash ustuvor yo‘nalish bo‘lgan.

Mahallabay tizim va infratuzilma:

Bankning 92 ta hududiy bo‘linmasiga biriktirilgan 1062 ta mahallada tizimli ish olib borilgan. Ushbu hududlarda 320 nafar “mahalla bankiri” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 1062 nafar yordamchi agent jalb etilgan. Ularning yarmi deyarli ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kreditlar hajmi va dasturlar natijasi:

2025-yil yakunlariga ko‘ra, bank tomonidan jami 10,2 trln so‘m kredit ajratilgan. Shundan 7,9 trln so‘m kichik va o‘rta biznesga yo‘naltirilgan, 4,2 trln so‘m esa davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan.

Xususan, PQ-312 qarori doirasida 936 mlrd so‘m, “Biznesga birinchi qadam” dasturi bo‘yicha 456,4 mlrd so‘m, oilaviy tadbirkorlik dasturi orqali 1,6 trln so‘m hamda “Mening mahallam” dasturi doirasida 1,1 trln so‘m kredit ajratilgan.

Bandlik va tadbirkorlik ko‘rsatkichlari:

O‘tgan yilda 345 ming 895 nafar aholi bandligi ta’minlangan. Shundan 122 ming 66 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 223 ming 829 nafari esa tadbirkorlikka jalb etilgan.

Mikroloyihalar orqali 47 ming 975 ta loyiha moliyalashtirilib, 98 ming 305 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, kam daromadli 11 mingdan ortiq oilaga 318 mlrd so‘mlik loyihalar paketi yetkazilib, 16 ming 704 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Bank tomonidan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 2025-yilda 50 mingdan ortiq tadbirkor bilan 3 mingdan ziyod uchrashuv o‘tkazilib, 13 ming 940 ta murojaat hal etilgan. Natijada 15 ming 809 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Qishloq xo‘jaligida natijalar:

“Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida 1747 gektar yer maydonida 159 ta loyiha amalga oshirilgan. Natijada 34 ming 764 tonna mahsulot yetishtirilgan, shundan 2195 tonnasi eksport qilingan. Umumiy daromad 211,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ijtimoiy dasturlar samarasi:

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 412 ta oila daromadi yaxshilanib, ijtimoiy reestrdan chiqarilgan. Ularning bir qismi ish bilan ta’minlangan, boshqalari tadbirkorlik va kasb-hunar orqali daromad manbaiga ega bo‘lgan.

Raqamli platforma imkoniyatlari:

Bank tomonidan Mahalla.mkb.uz platformasi joriy etilgan. U orqali mahalladagi agentlar va bankirlarning faoliyati monitoring qilinadi. Platforma orqali o‘tgan yil davomida 26,6 mingta plastik karta ochilgan, 27,8 mlrd so‘m omonat jalb qilingan va 822,3 mlrd so‘m kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan.

2026-yil uchun asosiy rejalar

Joriy yilda bank tomonidan 11 trln so‘m kredit ajratish rejalashtirilgan. Shundan 7,4 trln so‘m kichik va o‘rta biznesga, 4,8 trln so‘m davlat dasturlariga yo‘naltiriladi. Umumiy hisobda 140 mingga yaqin loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda.

Mahallalar kesimida 10,5 mingdan ortiq mikroloyihaga 347 mlrd so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. “Bir kontur — bir mahsulot” doirasida esa 4775 gektar yer maydonida yangi loyihalar amalga oshiriladi.

Yoshlar bandligi va investitsiya rejasi:

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida 116,2 mlrd so‘m kredit ajratilib, 3600 nafar bitiruvchini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2026-yilda 400 mln dollar tashqi mablag‘ jalb qilish, uning bir qismini investitsiya loyihalariga, qolganini kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Yil boshidagi natijalar

2026-yilning dastlabki uch oyida 1,7 trln so‘m kredit ajratilgan. Shu davrda 16 ming 719 nafar fuqaro bandligi ta’minlangan, 1822 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Amaliy misol: Namangan viloyati Pop tumanida yoshlar uchun ajratilgan yer maydonida pomidor yetishtirish loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, birinchi hosildan 350 tonna mahsulot olinib, har bir ishtirokchi 60 mln so‘mgacha daromad olishi kutilmoqda.

Reklama huquqlari asosida