O‘zbekiston Tashkent Grand Slam 2026 musobaqasida sovrindorlar safida
27-fevral – 1-mart kunlari Toshkentdagi “Humo Arena”da dzyudo bo‘yicha nufuzli “Katta Dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi Tashkent Grand Slam 2026 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 39 davlatdan qariyb 400 nafar sportchi ishtirok etdi.
2 daqiqa o‘qiladi

27-fevral – 1-mart kunlari Toshkentdagi “Humo Arena”da dzyudo bo‘yicha nufuzli “Katta Dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi Tashkent Grand Slam 2026 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 39 davlatdan qariyb 400 nafar sportchi ishtirok etdi.
Turnir bosh homiysi sifatida OTP Group ketma-ket ikkinchi yil musobaqani qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston kuchli uchlikda
Uch kunlik keskin bellashuvlar davomida sportchilar medallar va reyting ochkolari uchun kurash olib borishdi. O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
• Oltin medal (57 kg) — Shukurjon Aminova
• Kumush medallar — Ernazar Sarsenbayev (100 kg), Alisher Yusupov (+100 kg)
• Bronza medal — Umida Nigmatova (+78 kg)
Rasmiylar e’tirofi
Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi Sandro Rtveladze turnirda shaxsan ishtirok etib, Grand Slam doirasidagi rasmiy tadbirlarda qatnashdi:
“Bunday yirik sport musobaqasining bir qismi bo‘lish men uchun katta sharaf. Toshkentning jahon sport xaritasidagi o‘rnining mustahkamlanayotganini ko‘rib quvonaman. Barcha sovrindorlarni, ayniqsa O‘zbekiston terma jamoasini munosib g‘alabalari bilan tabriklayman.OTP Group’ning Grand Slam’dagi ishtiroki — yosh dzyudochilarni qo‘llab-quvvatlash va xalqlar hamda madaniyatlarni birlashtiruvchi nufuzli tadbirga hissa qo‘shish imkoniyatidir.”
Xalqaro mutaxassislar va sportchilar fikriga ko‘ra, musobaqa yuqori darajada tashkil etilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonning global sport maydonidagi mavqeini yanada kuchaytirdi va kelgusi turnirlar uchun yangi standartlarni belgiladi.
Ma’lumot uchun
Ipoteka-bank OTP Group aloqa markazi: (78) 150-89-13
Sayt: ipotekabank.uz
Facebook: fb.com/ipotekabank
Instagram: @ipotekabank.uz
Telegram: t.me/ipotekabankofficial
YouTube: @ipotekabankofficial
LinkedIn: linkedin.com/company/ipotekabankofficial
Reklama huquqlari asosida



