$
 12172.18
35.61
 14357.09
38.36
 157.45
-0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Ipoteka bank OTP Group KIA uchun yangilangan avtokredit dasturini taqdim etdi

KIA

Ipoteka bank OTP Group KIA avtomobillarini xarid qilish uchun yangilangan SADM avtokredit dasturini ishga tushirdi. Dastur ikki xil yo‘nalishni qamrab olib, turli toifadagi mijozlar uchun mos shartlarni taklif etadi.

Dastur doirasida KIA SONET modeli uchun yillik 0% dan 15,5% gacha bo‘lgan stavkalarda avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Dasturdagi submahsulotlardan biri 30% va undan yuqori boshlang‘ich to‘lov bilan mijozlarga rasmiy daromadni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kredit rasmiylashtirish imkonini beradi.

SADM (KIA) dasturining asosiy afzalliklari:

  • boshlang‘ich to‘lov — 30% dan boshlab;
  • ayrim submahsulotlarda rasmiy daromadni tasdiqlash talab etilmaydi;
  • foiz stavkalari — 0% dan 15,5% gacha;
  • qulay va moslashuvchan kredit shartlari;
  • talab qilinadigan hujjatlar sonining kamligi.

Mazkur kredit dasturi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda norasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, KIA avtomobillarini qisqa muddatda va qulay shartlarda xarid qilish imkonini yaratadi.

Batafsil ma’lumotni Ipoteka bank OTP Group filiallari yoki bankning rasmiy veb-saytidan olish mumkin.

Ma’lumot uchun

Ipoteka-bank OTP Group aloqa markazi: (78) 150-89-13

Sayt: ipotekabank.uz

Facebook: fb.com/ipotekabank

Instagram: @ipotekabank.uz

Telegram: t.me/ipotekabankofficial

YouTube: @ipotekabankofficial

LinkedIn: linkedin.com/company/ipotekabankofficial

Reklama huquqlari asosida