$
 12187.68
-48.45
 14366.84
-73.02
 159.09
-0.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Mustaqillikdan buyon daromad darajasi bo‘yicha dunyodagi pozitsiyamiz deyarli o‘zgarmagan

Dollar

Jon boshiga daromadimiz 1991-yilda 49 ta mamlakatga nisbatan yuqori shakllangan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bunday mamlakatlar soni 51 taga yetgan. Ya’ni 1991-yilda dunyoning 26 foiziga nisbatan boyroq bo‘lgan bo‘lsak, 2024-yilda 27 foiz davlatlarga nisbatan nominal daromadimiz yuqori shaklangan (jon boshiga daromad mavjud bo‘lmagan davlatlar chiqarib tashlangan). Buni iqtisodchi Mirkomil Xolboyev tahlil qildi.

Lekin Sharqiy va Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlariga nisbatan sekinroq o‘sishimiz natijasida ularning aksariyatiga nisbatan daromadimiz orqada qolgan bo‘lsa, Afrika mamlakatlarining aksariyatiga nisbatan tezroq o‘sish kuzatilgan.

Shuningdek, Sobiq ittifoq mamlakatlariga nisbatan pozitsiyamiz yomonlashgan. 1991-yilda mamlakatimiz Qirg‘iziston va Tojikiston hamda Armanistondan boyroq bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda faqatgina Qirg‘iziston va Tojikistondan boyroq xolos.

2030-yilga borib daromad bo‘yicha pozitsiyamiz qanday o‘zgaradi?

XVJ prognozlariga ko‘ra, 2030-yilda jon boshiga pozisiyamiz 58 ta davlatga nisbatan yuqori shakllanadi (2024-yilda 55 ta davlatdan boyroq bo‘lganmiz, Jahon banki ma’lumotlaridan biroz farq qiladi, ma’lumotlar mavjudligidagi farq bilan izohlanadi). 

“Ba’zi davlatlar uchun prognozlar mavjud emasligini hisobga olsak, bizdan kambag‘alroq davlatlar soni biroz ko‘proq bo‘lishi ehtimoli yuqori”- deb yozadi Xolboyev. 

2030-yilgacha Misr, Eron, Gonduras, Esvatini, Tunis, Vanuatu kabi mamlakatlarni daromad bo‘yicha ortda qoldiramiz. Shuningdek, prognozlarga ko‘ra bu davrda hech qaysi davlat daromad bo‘yicha mamlakatimizni quvib o‘tolmaydi.

Lekin so‘nggi yillardagi o‘sish saqlanib qolsa Qirg‘iziston 2027-2028-yillarda jon boshiga (nominal) daromad bo‘yicha mamlakatimizni ortda qoldirishi mumkin.

Теги :
Jamiyat