$
 12175.53
-4.28
 14151.62
12.08
 155.08
-1.65
weather
+26
Кечаси   +14°

Urush kimlarning cho‘ntagini boyitmoqda?

war of iran vs us-israel

AQShning Eron bilan mojarosi rasmiy ravishda “Buyuk g‘azab operatsiyasi” (Operation Epic Fury) nomi bilan atala boshlandi. Bu faqat mintaqaviy harbiy to’qnashuv emas, balki Amerika byudjetiga trillion dollarga tushishi mumkin bolgan ogir moliyaviy yuk hamdir.

Eron bilan urushning dastlabki haftasida AQSh taxminan 6 milliard dollar sarflaganini Pentagon rasmiylari ma’lum qildi. Mablagning katta qismi yuqori texnologiyali raketa mudofaa tizimlari va qurollarga ketgan. AQSh va Isroilning zarbalari natijasida Eronning hujum salohiyati keskin kamaygan bo’lsa-da, bu xarajatlar Washingtonda siyosiy bahslarni kuchaytirdi. Urush mintaqada keskinlashuvni kuchaytirib, minglab insonlar halok bo’lishiga va global energiya bozorida xavotirlar kuchayishiga sabab bo’lmoqda.

Dunyodagi eng kop harbiy xarajat qiluvchi davlatlar

           SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra AQSh 2025-yilda deyarli 1 trillion dollar bilan dunyodagi eng katta harbiy xarajat qiluvchi davlat bo‘ldi. Bu miqdor ayrim davlatlarning umumiy xarajatidan ham oshib ketadi. Tramp bu summani 2027-yilga kelib 1,5 trillion dollarga oshirishni maqsad qilmoqda.

      

Urush qurol zavodlari uchun oltin yomg’irmi?

Avvalroq, AQSh Prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog’idagi posti orqali e’lon qilgan bayonotida 2026-yil 6-martida mamlakatning eng yirik mudofaa ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan uchrashuv o’tkazilganini ma’lum qilgandi. Unda “Exquisite Class” deb ataladigan qurollarni ishlab chiqarishni to’rt baravar oshirish rejalashtirilgani, kengaytirish ishlari uch oy oldin boshlangani va ko’plab zavodlarda ishlab chiqarish allaqachon yo’lga qo’yilgani ta’kidlagandi. Trampning so’zlariga ko’ra, AQShda o’rta va yuqori darajadagi o‘q-dorilarning katta zaxirasi mavjud. Uchrashuvda BAE Systems, Boeing, Honeywell Aerospace, L3Harris Missile Solutions, Lockheed Martin, Northrop Grumman va Raytheon kompaniyalari rahbarlari ishtirok etgan.  SIPRI hisobotiga ko‘ra, dunyodagi eng yirik 100 mudofaa kompaniyasi ro‘yxatida AQShdan 39 ta pudratchi bor. Bu ko‘rsatkich AQShning global ustunligini ko‘rsatadi.

             

  • Lockheed Martin: 1995-yilda Lockheed va Martin Marietta kompaniyalari qo‘shilishi natijasida tashkil topgan. Bugungi kunda dunyodagi eng yirik mudofaa pudratchisi hisoblanadi. 2024-yilda $68,4 mlrd daromad keltirgan. AQSh hukumati bilan F-35 samolyotlari, raketalar va kosmik tizimlar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik shartnomalarga ega. Yaqinda PAC-3 havo mudofaasi raketalarini tezlashtirilgan ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolagan. 
  • RTX (Raytheon + United Technologies): 2020-yilda ikki kompaniya qo‘shilishi orqali tashkil topgan. Asosiy yo‘nalishlari: raketa tizimlari, reaktiv dvigatellar va avionika. 2024-yilda $43,6 mlrd daromadining katta qismi mudofaa sohasidan kelgan. 
  • Northrop Grumman: 1994-yilda Northrop Grumman’ni sotib olganidan so‘ng tashkil topgan. Stealth samolyotlari jumladan B-21 Raider kosmik tizimlar va AQSh havo kuchlari uchun yadro modernizatsiya dasturlaridan daromad oladi. 2024-yilda $37,9 mlrd daromad keltirgan. 
  • General Dynamics: Yadro suvosti kemalari, jangovar tanklar, zirhli transport vositalari va Gulfstream biznes samolyotlarini ishlab chiqaradi. 2024-yilda $33,6 mlrd daromad olgan. 
  • Boeing: 1916-yilda tashkil topgan. Asosan tijorat samolyotlari ishlab chiqaradi, ammo mudofaa va kosmik tizimlar ham muhim o‘rin tutadi. F/A-18 Super Hornet, AH-64 Apache, Chinook vertolyotlari va P-8 Poseidon samolyotlari uning asosiy mahsulotlari. 2024-yilda mudofaa sohasidan $30,6 mlrd daromad olgan.

Exquisite class yuqori darajali, murakkab qurollar, masalan, PAC-3 va THAAD interceptorlari, Tomahawk va AMRAAM raketalari, F-35 samolyotlari va dronlarni o’z ichiga oladi. Bu oshirish urushdagi zaxiralarni tez to’ldirish uchun zarur, chunki urushda 2000 dan ortiq raketa ishlatilgan va zaxiralar kamaymoqda. Shu sabab ishlab chiqarishni keskin oshirish zarur bo’lmoqda. Asosiy foyda ko’ruvchilar yirik mudofaa kompaniyalarning aksiya narxlari urush boshlangandan buyon sezilarli oshgan. Hususan AQShning eng yirik mudofaa pudratchilari aksiyalari narxi 2023-yil martdan 2026-yil martgacha oshganini ko’rsatadi.

·     RTX eng katta o’sishni 110%, undan keyin Northrop Grumman 60 %, General Dynamics 57%, Lockheed Martin 37 % va Boeing 5 % ko’rsatdi.

2020-yildan 2024-yilgacha aniqrog‘i 5 yil ichida AQSh Mudofaa vazirligi jami 2,4 trillion dollarlik shartnomalar imzolagan. Bu shartnomalar harbiy texnika, qurol va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga berilgan pulni anglatadi. Shu 2,4 trillion dollarning taxminan uchdan bir qismi aniqrog’i $771 milliard, ya’ni 32-33% faqat besh yirik kompaniyaga ketgan. Bu kompaniyalar AQSh mudofaa sanoatining eng kattalari deb ataladi va ularning aksariyati urush yoki mojarolarda ishlatiladigan qurollarni ishlab chiqaradi.

    

Bu o’sish “urush iqtisodiyoti” deb ataladi: kompaniyalar lobbi orqali millionlab dollar sarflab, yangi shartnomalarni ta’minlaydi, ammo bu soliq to’lovchilarga qimmatga tushadi. Masalan, Lockheed Martin THAAD ishlab chiqarishni allaqachon 96 dan 400 taga oshirgan, RTX esa Patriot tizimlarini yetkazib berishni tezlashtirmoqda. Natijada, urush kompaniyalarga foyda keltirsa-da, jamiyat qarz va taqchillikdan zarar ko’radi.

AQSH byudjet mexanizmlari va xarajatlarning yashirin tarafi

Eron bilan urush xarajatlari asosan oddiy byudjetdan tashqari manbalar orqali qoplanmoqda. Bu jarayon AQShda “ghost budget” ya’ni yashirin byudjet sifatida tanilgan mexanizm. CSIS hisob-kitoblariga ko’ra, dastlabki 100 soatda sarflangan 3,7 milliard dollarning 3,5 milliard dollari oldindan rejalashtirilmagan bo’lib, favqulodda ajratmalar orqali qoplangan. Pentagon Kongressdan qo’shimcha yana taxminan 50 milliard dollarlik mablag’ so’rovini yuborgan. Favqulodda ajratmalar AQSh byudjet tizimida tabiiy ofatlar yoki urushlar kabi vaziyatlar uchun mo’ljallangan bo’lib, ular odatiy byudjet cheklovlaridan ozod qilinadi va ko’pincha qarz hisobiga moliyalashtiriladi. Brown University xabar berishicha oldingi Iroq va Afg’oniston urushlari Amerikaga 8 trillion dollarga tushgan va shundan 1 trillion dollari foiz to’lovlariga ketgan. Hozirgi urushda ham xarajatlar qarz orqali qoplanmoqda. Bu AQShning hozirgi 34 trillion dollardan ko’proq bo’lgan umumiy qarzini yanada oshiradi. Bu mexanizmning yashirin tomoni ham bor. Urush xarajatlari “emergency” yoki “Overseas Contingency Operations” (OCO) kabi maxsus kategoriyalar orqali yashiriladi, bu esa Kongress va jamiyat nazoratini qiyinlashtiradi. Agar urush davom etsa, xarajatlar 40-100 milliard dollarga yetishi mumkin.

Urushning AQSH ichki siyosatiga ta’siri

Urush xarajatlari ichki siyosatni keskinlashtirmoqda. Pentagonning 50 milliard dollarlik favqulodda so’rovi Kongressda bahs tug’dirdi. Respublikachilar tez tasdiqlashni talab qilayotgan bo’lsa, demokratlar qarshilik ko’rsatmoqda, chunki bu mablag’lar ijtimoiy dasturlarni masalan, Medicaid, SNAP oziq-ovqat yordamiga yo’naltirish mumkin yoki soliqlar oshirishga olib kelishi mumkin, deb xabar bermoqda Politico nashri. Urush xarajatlari tufayli byudjet taqchilligi 2 trillion dollarga yetishi mumkin, bu esa iqtisodiy o’sishni sekinlashtiradi va inflyatsiyani kuchaytiradi. Bu urush nafaqat millionlab oddiy amerikaliklarning cho’ntagidan chiqayotgan trillion dollarlik xarajat, balki Erondagi oddiy insonlarning qonini to’kayotgan falokatdir. Ammo bu bir nechta gigant kompaniyalar uchun oltin yomg’iri hamdir.

Zebuniso Abdusalimzoda,

UZ24.uz uchun tayyorlandi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot
Siyosat