$
 12190.57
18.39
 14303.20
-53.89
 157.48
0.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Hokimlar xorijga safarlarni “oilaviy tur”ga aylantirib oldimi?

xitoy

2026-yilning 11-fevral kuni samarqandlik mansabdorlarning yana manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani oshkor bo‘lgandi. Viloyatning Kattaqo‘rg‘on va Qo‘shrabod tumani rahbarlari Xitoyga yo‘l olgan delegatsiya tarkibiga o‘g‘illari, haydovchisi va yordamchisini qo‘shib yuborgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holatni o‘rganib chiqdi. Agentlik tahlili natijalariga ko‘ra, Xitoyga nafaqat hokimning o‘g‘illari, turmush o‘rtog‘i va qarindoshlari ham yuborilgan.

Professional fermerlar yuborilishi lozim bo‘lgan

Viloyatning Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tuman hokimliklari mansabdorlari xizmat safarlariga yaqin qarindoshlari, shuningdek, safarga bevosita aloqador bo‘lmagan xodimlarni yuborgani aniqlandi, deyiladi agentlik bergan ma’lumotda.

Qayd etilishicha, Qo‘shrabot tuman hokimining haydovchisi va o‘g‘li yuborilgan Xitoy safariga professional fermerlar yuborilishi lozim bo‘lgan. Safarga Qo‘shrobod tumanidan 32 nafar kishi ketgan.

Delegatsiyaga tuman hokimining turmush o‘rtog‘i M.Sh., shuningdek, hokimlikdagi boshqa mansabdor shaxsning yaqin qarindoshi Ch.H.lar asossiz ravishda kiritilganligi ma’lum bo‘ldi. Ro‘yxatdagi N.X. va M.S.lar esa tumandagi 1-sonli texnikum xodimlari sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lib, aslida ular ushbu texnikumda ishlamasligi ma’lum bo‘ldi, deydi mas’ullar.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi ham Xitoyga yuborilishi kerak bo‘lgan fermerlar o‘rniga hokimning o‘g‘li va tanishlarini yuborgani oshkor bo‘lgan.2025-yilning 22—30 may-kunlari tumandan Xitoyga yuborilgan delegatsiya tarkibiga safar maqsadlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqadorligi bo‘lmagan hokimning o‘g‘li, qolaversa hokimlik xodimi ham kiritilgan, deyiladi agentlik xabarida.

Qanday chora ko‘riladi?

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Kattaqo‘rg‘on hamda Qo‘shrobot tumani hokimliklarini davlat rahbarining 2021-yil 16-iyundagi farmoniga zid harakat qilishda, mansabdor shaxslarning xorijiy xizmat safarlari haqidagi axborotlar e’lon qilinishi belgilangan bo‘lishiga qaramay ushbu ma’lumotlarni yashirganlikda ayblamoqda. Shu sabab agentlik o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlarni qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborgan.

Теги :
Jamiyat