$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Xomanaiy va halok bo‘lgan bolalar xotirasiga Toshkentda gullar qo‘yildi

Khamenei

5-mart kuni Toshkent shahrida joylashgan Eron elchixonasi binosi qarshisida Eron oliy rahbari Ali Xomaniy vafoti munosabati bilan hamdardlik burchagi tashkil etildi. Elchixona darvozasi oldiga kelgan fuqarolar marhum xotirasini yod etib, gullar qo‘ydi. Shuningdek, bu yerda o‘yinchoqlar va qo‘g‘irchoqlar ham qoldirildi. Bu ramziy buyumlar yaqinda Eron hududida yuz bergan fojiada halok bo‘lgan bolalar xotirasiga bag‘ishlab qo‘yilgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga aviazarbalar berilgani haqida xabarlar tarqalgan. Hujumlar davomida Tehron va boshqa shaharlarda kuchli portlashlar qayd etilgan.