$
 12114.97
40.69
 14260.53
41.86
 162.07
1.21
weather
+26
Кечаси   +14°
war of iran vs us-israel

Urush kimlarning cho‘ntagini boyitmoqda?

AQShning Eron bilan mojarosi rasmiy ravishda “Buyuk g‘azab operatsiyasi” (Operation Epic Fury) nomi bilan atala boshlandi. Bu faqat mintaqaviy harbiy to’qnashuv emas, balki Amerika byudjetiga trillion dollarga tushishi mumkin bo‘lgan og‘ir moliyaviy yuk hamdir. Eron bilan urushning dastlabki haftasida AQSh taxminan 6 milliard dollar sarflaganini Pentagon rasmiylari ma’lum qildi. Mablag‘ning katta qismi yuqori texnologiyali raketa mudofaa tizimlari va qurollarga ketgan. AQSh va Isroilning zarbalari natijasida Eronning hujum salohiyati keskin kamaygan bo’lsa-da, bu xarajatlar Washingtonda siyosiy bahslarni kuchaytirdi. Urush mintaqada keskinlashuvni kuchaytirib, minglab insonlar halok bo’lishiga va global energiya bozorida xavotirlar kuchayishiga sabab bo’lmoqda.
Батафсил →
xomanaiysiz eron

Xomanaiysiz Eron: Fors–AQSh urushi O’zbekiston iqtisodiyoti uchun nimalarni anglatadi?

Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat shiddat bilan o‘zgarib, AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar urush bosqichiga o‘tdi. Qishning so‘nggi kunida esa Eron Islom Respublikasi oliy rahnamosi, oyatulloh Xomanaiy vafoti ortidan holat yanada taranglashdi. Ushbu qarama-qarshiliklar global iqtisodiyotga, xususan, energiya resurslari va yuk tashish yo‘laklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday murakkab sharoitda O‘zbekistonning Eron Islom Respublikasi bilan iqtisodiy aloqalari mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?
Батафсил →
avtomobil

Ekran yulduziga aylangan avtomobillar

Jeyms Bond filmlarida paydo bo‘lgan Aston Martin DB5 “eng zo‘r josus mashinasi” sifatida tanilgan. U ilk bor 1964-yilda Goldfinger filmida ko‘rinish bergan va tomoshabinlarni darhol o‘ziga rom etgan. Kuchli dvigateli tufayli juda tez harakatlana olgan bu mashinada qurollar, favqulodda o‘rindiq chiqarib yuborish moslamasi va aylanuvchi davlat raqamlari bo‘lgan. Shu sabab DB5 keyingi Bond filmlarida ham ishtirok etgan. Ushbu avtomobil auksionda taxminan 6,3 million dollarga sotilgan.
Батафсил →
lazer

Urush maydonida yangi davr: Dunyo armiyalari tanlagan TOP-5 dronlar “qotili”

Kecha filmlarda ko‘rgan lazer qurollari bugun haqiqatga aylandi. 2025-yilda dunyoning bir nechta yirik davlatlari jang maydonida endi o‘q yoki raketaga emas, yorug‘lik nuriga tayanmoqda. Dronlar to‘dasi, raketalar va havo tahdidlari bir necha soniya ichida lazer bilan yo‘q qilinmoqda. Eng asosiysi bu qurollar tezkor, aniq va avvalgilariga qaraganda ancha tejamkor.
Батафсил →
Fridriz Merz.

“Qoralar” g‘alabasi – Germaniyada konservatorlar yana hukumat tepasiga qaytdi. Bu nimani anglatadi?

23-fevral kuni Germaniyada bo‘lib o‘tgan parlament saylov natijalari kutilganidek, Xristian-demokratik ittifoq/Xristian-sotsial ittifoqi partiyasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Hozirda partiya yetakchisi Fridrix Merz kanslerlikka da’vogar, ammo u barqaror koalitsiya tuza oladimi? Quyida saylov natijalari va mamlakatda kutilayotgan siyosiy o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz.
Батафсил →