$
 12831.81
-25.54
 14606.45
-66.36
 163.75
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Sun’iy intellekt, startap va imkoniyatlar: Talaba Fest–2025 qanday o‘tdi?

21–23-may kunlari Toshkent shahridagi “Zakovat” arenasida o‘tkazilgan Talaba Fest–2025 talaba-yoshlar hayotida yirik va unutilmas voqeaga aylandi. Uchinchi bor tashkil etilgan mazkur festival bu yil o‘z ko‘lami, ishtirokchilar soni va imkoniyatlar xilma-xilligi bilan ajralib turdi.

Tashkent State Medical University on X: "“Talaba Fest — Talaba Expo 2025”  tadbirida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori va bir guruh  talabalar bilan fotolavhalar -- Photoshoot with the rector of Tashkent State

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov festival ochilishida yoshlarni shunday tabrikladi:

“Hurmatli yoshlar! Siz – Yangi O‘zbekiston istiqbolisiz. Bugungi tadbirda sizlarni bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar sifatida ko‘rishdan faxrlanamiz. Prezidentimiz tomonidan belgilangan beshta muhim tashabbus doirasida yoshlarning salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarishga doir bu kabi keng ko‘lamli festival va loyihalar – Yangi O‘zbekiston yoshlariga katta ishonch va imkoniyat eshigini ochmoqda.”

Festival doirasida o‘tkazilgan “Talaba Expo–2025” ko‘rgazmasi 700 dan ortiq kompaniya va tashkilotni birlashtirib, bitiruvchi talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlarini, ish beruvchilar bilan jonli muloqot imkoniyatini taqdim etdi. Shuningdek, o‘z startap loyihasi yoki biznes g‘oyasini ilgari surmoqchi bo‘lgan talabalar uchun ham bu ko‘rgazma katta platformaga aylandi.

Zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt, frilans va startaplar haqida mahorat darslari, ochiq suhbatlar va seminarlar talabalar uchun amaliy bilim va ilhom manbaiga aylandi. Festival davomida ko‘plab startap loyihalar taqdimoti, “Startup Pitch”, “Talaba-Talant” shoulari, ijodiy chellenjlar, sport musobaqalari, kasb tanlovi bo‘yicha ko‘rgazmalar, xalqaro mehmonlar ishtirokidagi yig‘inlar ham o‘tkazildi.

Shuningdek, tanlangan mehmonlar, yetakchi tadbirkorlar va ilhom baxsh etuvchi shaxslar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shulardan biri, 400 dollardan boshlagan biznesi bugunga kelib 1,5 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkor Firuz Allayev yoshlarga murojaat qilib shunday dedi:

“G‘oyangizga ishoning. Agar g‘oya kuchli bo‘lsa, yo‘l albatta ochiladi.”

TALABAEXPO – 2025» КАК ПЛАТФОРМА ДЛЯ ИНТЕГРАЦИИ ВЫПУСКНИКОВ В РЫНОК ТРУДА

Festival yakunida bo‘lib o‘tgan gala-konsertda 300 ming nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Umuman olganda, festival doirasida butun respublika bo‘ylab o‘tkazilgan turli tadbirlarda 800 mingdan ortiq talaba qatnashdi.

Теги :
Jamiyat