Ajrimlar soni qancha? O‘zbekistonda nikohlar holati tahlil qilindi
2025-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etdi. Bu esa har 1000 ta qayd etilgan nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi.
1 daqiqa o‘qiladi

2025-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etdi. Bu esa har 1000 ta qayd etilgan nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Boshqa davlatlar bilan taqqoslash
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich xalqaro miqyosida past hisoblanadi. Jumladan, Moldovada koeffitsiyent 642,7 promille, Ozarbayjonda — 431,9, Qozog‘istonda — 328,2, Qirg‘izistonda esa — 289,6 ni tashkil etadi. Ushbu raqamlar fonida O‘zbekistonda nikohlar nisbatan barqaror ekani kuzatiladi.
Hududiy farqlar
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanmoqda. Shu bilan birga, Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ajrimlar darajasi nisbatan yuqoriroq.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ajrimlar darajasining nisbatan pastligi jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlar saqlanib qolayotganini va nikoh institutining barqarorligini ko‘rsatadi.



