$
 12099.18
-32.37
 14134.26
9.5
 153.82
0.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Ekran yulduziga aylangan avtomobillar

avtomobil

Aston Martin DB5 — Jeyms Bond (James Bond – 1964)

Jeyms Bond filmlarida paydo bo‘lgan Aston Martin DB5 “eng zo‘r josus mashinasi” sifatida tanilgan. U ilk bor 1964-yilda Goldfinger filmida ko‘rinish bergan va tomoshabinlarni darhol o‘ziga rom etgan. Kuchli dvigateli tufayli juda tez harakatlana olgan bu mashinada qurollar, favqulodda o‘rindiq chiqarib yuborish moslamasi va aylanuvchi davlat raqamlari bo‘lgan. Shu sabab DB5 keyingi Bond filmlarida ham ishtirok etgan. Ushbu avtomobil auksionda taxminan 6,3 million dollarga sotilgan.

Aston Martin Cars Bond Will Drive in 'No Time to Die ...

Batmobile — Betmen (Batman –1966)

1960-yillardagi Betmen serialida chiqqan Batmobile bugungi og‘ir zirhli va harbiy ko‘rinishdagi variantlardan butunlay boshqacha edi. U Lincoln Futura asosida yaratilgan bo‘lib, qora va qizil ranglari bilan juda nafis va o‘ziga tortuvchi ko‘rinishga ega bo‘lgan. Mashina sakkiz kishiga mo‘ljallangani, old oynasi o‘q o‘tmas ekani va turli qiziqarli “bat-gadjetlar” bilan jihozlangani bilan ajralib turgan. O‘sha davr tomoshabinlari uchun Batmobile oddiy mashina emas, balki haqiqiy orzu va afsonaga aylangan avtomobil edi. Ushbu mashina 2013-yilda Barrett-Jackson auksionida 4,62 million AQSH dollariga sotilgan.

1966 Batmobile Replica | Saratoga Automobile Museum

Ford Explorer XLT — Yura davriga sayohat (Jurassic Park – 1993)

Yura davriga sayohat filmidagi Ford Explorer mashinalari esa sayyohlar uchun maxsus yaratilgan. Yorqin ranglari va katta shaffof tomi orqali odamlar dinozavrlarni bemalol tomosha qilishi mumkin edi. Mashinalar o‘z-o‘zidan yuradi, zamonaviy tizimlar bilan jihozlangan va park egasi Jon Hammond hech narsadan pulni ayamaganini ko‘rsatadi. Afsuski, eshiklar qulflanmagani keyinchalik katta muammolarga sabab bo‘ladi. Shunday mashinalardan biri 2025-yilda 28 000 dollarga sotilgan.

Here's What Happened To The Ford Explorer From Jurassic Park

Leyland Cars Mini 1000 Mark IV in Austin Citron Green — Mister Bin (Mr. Bean – 1997)

Mister Bin serialidagi Citron Green rangli Mini mashinasi hamma uchun juda tanish mashinalardan. Bu kichkina avtomobil Mister Binning o‘zi kabi sodda, lekin juda qiziqarli xarakterga ega. Serial davomida Mini turli kulgili holatlarga tushadi, tor joylardan siqilib o‘tadi va ba’zan umuman kutilmagan usulda boshqariladi. Mister Bin hatto mashinani tomidan o‘tirib haydagan sahnalari bilan ham tomoshabinlarni kuldirgan. Bu mashina 2018-yilda Heritage Auctions platformasida taxminan $84 000 dollarga sotilgan.

Peugeot 406 — Taksi (Taxi – 1998)

Taxi filmidagi asosiy mashina — oq rangli Peugeot 406 bo‘lib, u oddiy taksi ko‘rinishidan haqiqiy poyga avtomobiliga aylanadi. Mashina Marsel shahrida taksichilik qiladigan Danielga tegishli bo‘lib, tashqi tomondan oddiy ko‘rinsa-da, ichki qismi va texnik imkoniyatlari bilan hammani hayratga soladi. Tugma bosilishi bilan spoylerlar chiqadi, osma qismi pasayadi va tezligi keskin oshadi. Shu mashina yordamida Daniel jinoyatchilarni quvib yetadi va politsiyaga katta yordam beradi. Peugeot 406 Taxi filmi tufayli oddiy avtomobildan kino afsonasiga aylangan. Bu avtomobilning replikasi 2001-yilda 3 500 dollarga sotilgan.

Location Peugeot 406 TAXI 1 Blanche pour mariage Lyon

Ford Anglia 105E — Garri Potter (Harry Potter –2002)

Garri Potter filmidagi Ford Anglia mashinasi ko‘pchilikka juda tanish. Artur Uizli mugllar dunyosiga qiziqqani uchun oddiy mashinani sehrlab qo‘yadi va u uchadigan hamda ko‘rinmaygan bo‘loladi. Mashina hatto o‘zicha harakat qila oladigan darajaga yetadi. Egizak aka-ukalar Fred va Jorj uni bemalol uchiradi, ammo Ron va Garri bu mashinada uchayotib muammoga duch keladi va oxir-oqibat avtomobil mashhur “Uradigan tol” daraxtiga uriladi. Shunday rusumdagi mashinani 2025-yil 10-dekabrda auksionda 4 200 britaniya funt sterlingga xarid qilishgan.

Chevrolet Camaro (Bumblebee) — Transformerlar (Transformers – 2007)

Transformerlar filmidagi Bumblebee esa eng mashhur kino mashinalaridan biri hisoblanadi. U doimo yorqin sariq rangda bo‘lib, darrov ko‘zga tashlanadi. Avvaliga u eski Chevrolet Camaro sifatida chiqadi, keyin esa zamonaviy va kuchli sport mashinaga aylanadi. Keyingi filmlarda Bumblebee yanada tezkor va kuchli bo‘lib, katta dvigatelga ega haqiqiy jangovar avtomobilga aylantiriladi. 2019-yilda shunday rusumdagi mashina 125 000 dollarga xarid qilingan.

Ford Mustang Mach 1 — Jon Uik (John Wick – 2014)

Jon Uik filmidagi Ford Mustang Mach 1 avtomobili qahramonning xarakterini juda yaxshi aks ettiradi. Qora rangdagi bu klassik mustang avtomobili kuchli, sokin va xavfli ko‘rinishga ega. Mach 1 tezligi, baland dvigatel ovozi va qat’iy dizayni bilan Jon Uikning jim, lekin qat’iyatli tabiatiga mos tushadi. Filmda bu mashina shunchaki transport vositasi emas, balki qahramonning o‘tmishi va g‘azabini ifodalovchi ramzga aylanadi. Ushbu avtomobil $160 000 ga sotib yuborilgan.

You Can Now Buy John Wick's 1,000 HP Ford Mustang Mach 1 - Maxim

Porsche 911 S — Mohir mergan (Top Gun: Maverick – 2022)

Mohir mergan 2 filmida Maverikning sevgan qizi Penni Benjamin Porsche haydaydi. Qizig‘i, Mohir mergan filmining 1-qismida ham uning sevgilisi Porsche minib yurgan edi. Bu safar Penni kumush rangli, juda chiroyli va klassik dizaynga ega 1973-yilgi Porsche 911 S kupe bilan ko‘rinadi. Mashina filmga sokinlik va nafislik kayfiyatini qo‘shadi. Bu avtomobilning qiymati hozirgi bozor sharoitida odatda $180 000–$200 000 atrofida baholanadi, ba’zi holatlarda esa $200 000 dan yuqoriroqqa yetadi.

Tried to recreate the porsche scene from Top Gun Mav : r ...

Теги :
Jamiyat