$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Bir yilda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 1 trillion 409 milliard so‘m zarar yetkazdi

elektr

2024-yildagi nazorat tadbirlarida tabiiy gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 8 289 ta holat aniqlandi. Ularda 1 trillion 409 milliard so‘m zarar yetkazildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Elektr ko‘proq talon-taroj qilingan

Xususan, elektr energiyasi bo‘yicha 730,1 mlrd. so‘m (91 ta mayning, 184 ta AGTKSH, 1 422 ta suv nasosi) talon-toroj qilingan, tabiiy gaz bo‘yicha — 679,1 mlrd. so‘m (57 ta AGTKSH, 64 ta issiqxona, 5 ta oxak sexi).

O‘rganishlar davomida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 51 ta AGTKSH litsenziyasi bekor qilindi. Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 9 084 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

Sifatsiz neft

Neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlarida AYQSH va korxonalardan olingan tahlil na’munalaridan 189 ta holatda 5 mln. 348 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

Quvvati 50 kV. va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilarga berilgan ko‘rsatmalar davomida 25 ming 730 ta iste’molchiga reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish bo‘yicha qurilmalarni o‘rnatilishi ta’minlandi. Buning natijasida o‘tgan yilga nisbatan 26 ta podstansiya va 671 ta tarmoqlarda quvvat koeffitsiyenti ko‘tarildi.

Bundan tashqari, berilgan ko‘rsatmalarni bajarmagan 1 523 ta iste’molchiga ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Теги :
Jamiyat