$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar butun dunyoga namuna — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva

So‘nggi yillarda Zakovat intellektual o‘yinlari geografiyasi birmuncha kengayib, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham o‘z muxlislarini topa boshladi. 2023-yilda Zakovat harakatining doimiy a’zolari soni 500 ming nafardan ortdi. 156250 ta jamoa hamda 1 million 150 mingga yaqin bilimdonlar Zakovat o‘yinlarida ishtirok etdi. Yil davomida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilgan 7000 dan oshiq o‘yinda 15000 dan ziyod savol taqdim etildi. 

“Zakovat Asian Cup” xalqaro musobaqasi

Bugun, 5-avgust kuni Qozog‘istonning Ostona shahri “Zakovat Asian Cup” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qildi. Musobaqada O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari ishtirok etib, unda O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston terma jamoasi ustidan zafar quchdi. Ta’kidlash joiz, “Zakovat” o‘yinlarining Qozog‘istonda o‘tkazilishi birinchi marta sodir bo‘lmayapti. Bu yerda Zakovat nomi ostida “Astana Open” II Osiyo ochiq chempionati, “Aziada-2024” kabi qator nufuzli xalqaro musobaqalar o‘tkazilgan. Ularning barchasi O‘zbekiston va Qozog‘iston intellektuallari o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash uchun maydonchalarga aylangan.  

Ikki mamlakat munosabatlari

Tadbir ochilishida so‘z olgan O‘zbekiston Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva "Zakovat" intellektual o‘yini kabi musobaqalar ikki xalqning yanada jipslashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

"Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar butun dunyoga namunadir! Bizning yo‘lboshchilarimiz eng muhim savollarga javob topa oldilar. Yer yuzida ziddiyatlar kuchaygan bir paytda, Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev siyosiy tandemi Markaziy Osiyoni eng xavfsiz, gullab-yashnayotgan, do‘stona hududga aylantirishga intilmoqda", — deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi.