Chorshanba, 18-noyabr, 2026
Havo 103 sezgirlar uchun zararli Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +6°

4 kunlik chaqalog‘ini 85 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona qamoqdan qutuldi

Ayol iyul oyida o‘g‘il farzandli bo‘lgach, bolasini sotish fikridan qaytgan. Biroq u bilan gaplashgan ayol uni internetda firibgar sifatida sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan.

1 daqiqa o‘qiladi

4 kunlik chaqalog‘ini 85 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona qamoqdan qutuldi

Samarqandda endigina 4 kunlik bo‘lgan o‘g‘lini 85 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Sud unga 7 yil qamoq jazosi tayinladi, ammo keyinchalik jazoni shartli deb belgilab, ayolni ozodlikda qoldirdi. Aniqlanishicha, 1999-yilda tug‘ilgan ayol Samarqanddagi universitetlardan birining 5-bosqich talabasi bo‘lgan.

U eri bilan kelisholmay, ota-onasinikida yashab yurgan paytda Telegram’dagi “Surrogat ona” guruhiga qo‘shilgan. Shundan so‘ng unga guruh administratori sifatida tanishtirilgan shaxs yozib, chaqalog‘ini sotib olmoqchi bo‘lgan oila borligini va ular 70–90 ming dollar berishga tayyorligini aytgan.

Fikridan qaytgan onaga tahdid qilingan

Ayol iyul oyida o‘g‘il farzandli bo‘lgach, bolasini sotish fikridan qaytgan. Biroq u bilan gaplashgan ayol uni internetda firibgar sifatida sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Natijada ayol chaqalog‘ini tug‘uruqxonadan olib chiqib, xaridorlar bilan uchrashgan. Ular bola uchun 85 ming dollar taklif qilgan va ayol pulni olayotgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Sudda ona aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan. Sud uning uch nafar farzandi borligi, sog‘lig‘i va boshqa holatlarni hisobga olib, 7 yillik qamoq jazosini shartli qo‘llagan hamda 3 yil sinov muddati belgilagan.