$
 12557.56
-34.15
 14809.13
-12.57
 159.44
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Zakovat: O‘zbekistonlik bilimdonlar mezbonlar ustidan g‘alaba qozondi

Zakovat

Qozog‘istonning Ostona shahri Zakovat intellektual o‘yinlarining Osiyo kubogiga mezbonlik qildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida kechgan qizg‘in bahs ishtirokchilar va tomoshabinlarni birdek hayajonga soldi.

“Astana Open” II Osiyo ochiq chempionati

Zakovatning Qozog‘istonda o‘tkazilishi birinchi marta emas. Bu yerda Zakovat nomi ostida “Astana Open” II Osiyo ochiq chempionati, “Aziada-2024” kabi qator nufuzli xalqaro musobaqalar o‘tkazildi. Ularning barchasi O‘zbekiston va Qozog‘iston intellektuallari o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash uchun maydonchalarga aylandi.

O‘zbekiston 2:0 Qozog‘iston

Ostonadagi Qozog‘iston Respublikasi Prezident Markazida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo derbisi”da o‘zbekistonlik bilimdonlar 2:0 hisobida mezbonlar ustidan g‘alaba qozondi.

500 mingdan ortiq a’zolar

So‘nggi yillarda Zakovat intellektual o‘yinlari geografiyasi birmuncha kengayib, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham o‘z muxlislarini topa boshladi. 2023-yilda Zakovat harakatining doimiy a’zolari soni 500 ming nafardan ortdi. 156250 ta jamoa hamda 1 million 150 mingga yaqin bilimdonlar Zakovat o‘yinlarida ishtirok etdi. Yil davomida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilgan 7000dan oshiq o‘yinda 15000dan ziyod savol taqdim etildi.

Savollarni tuzuvchilar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Zakovat” Osiyo kubogi haqida Zakovat intellektual harakati bilimdoni Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z fikrlarini bildirdi:

“Zakovatda kim yutdi, kim yutqazdi bu muhim masala emas. Gʻoliblik uchun o‘ynalsa, shunchaki internetda o‘ynab qo‘yilsa ham bo‘ladi. Gʻalaba asosiy maqsad emas. Bizning asosiy maqsadimiz - Qozog‘istonning ilmga chanqoq yoshlari bilan o‘zaro do‘stona intellektual munosabatlarni o‘rnatish.”

Turnir uchun savollar kim tomonidan tuzilganligi haqidagi savolga Xudoyberdiyev shunday javob berdi:

“Savollarni tuzuvchilar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q. Buning uchun maxsus xorijlik muharrirlar guruhi shakllantirilgan. Savollar oldindan e’lon qilinmagan. Hammasi haqqoniy.”

Теги :
Jamiyat