Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

Birinchi marta emas: Olmaliqda zaharlangan bolalarning ahvoli qanday?

Avvaliga ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqda bolalarning maktabda filtrlanmagan suvdan zaharlangani haqidagi xabarlar tarqaldi. So‘ngra zaharlanish sababi suv ekanligi rad qilingan. Internet tarmoqlaridagi xabarlar esa umuman boshqa narsa demoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Birinchi marta emas: Olmaliqda zaharlangan bolalarning ahvoli qanday?

Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari maktab hududidagi filtrlanmagan suvdan iste’mol qilishi natijasida o‘tkir ichak xastaligida gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat o‘rganilmoqda

Joriy yilning 15-sentyabr kunidan 19-sentyabr kuniga qadar shifoxonaga murojaat qilgan 12 nafar boladan 7 nafariga uyida davolanish uchun ruxsat berilgani aytilmoqda. Mazkur holat esa bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil uchun namunalar olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar nima demoqda?

“Facebook”da ommaning turli munosabatiga sabab bo‘layotgan xabarlarda maktab Olmaliqdagi Buxoro ixtisoslashtirilgan maktabi ekanligi hamda Olmaliqda havo yaxshi bo‘lmaganligi sababli bolalar ko‘p suv ichishga muhtojligi bildirilgan. Ushbu hodisa haqida xabar bergan bolalardan birining onasi bu birinchi holat emasligi, o‘quv yili boshidan bolalar yaroqsiz suvdan iste’mol qilganligi, ota-onalar u joydan suv ichmasligini tayinlasa-da, unday havoda ko‘p suv ichmasdan turish qiyinligi aytilgan. Zaharlanish ko‘proq yosh bolalarda kuzatilgan.

“O‘zsuvta’minot” umuman boshqacha gapirmoqda

Holat yuzasidan “O‘zsuvta’minot” AJ Matbuot kotibi Akmal Murodovning ham rasmiy ma’lumot berildi.  Qayd etilishicha, SSV Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi hamda “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Olmaliq shahar suv ta’minoti korxonasi xodimlari hamkorligida tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlardan kimyoviy tahlil namunalari olingan.

Xabarga ko‘ra, mazkur hududda yashovchi aholidan ichimlik suvi sifati bo‘yicha ma’lumotlar olinganida ularda e’tiroz hamda ichimlik suvi sababli sog‘ligida shikoyatlari yo‘qligi aniqlangan ekan. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar yaroqsiz suv masalasida murojaatlari yetarli javoblar olmaganini ma’lum qilishgan.

Tergovga qadar tekshiruv ishlari

Mazkur vaziyat viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda. Hozirda holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.