$
 12822.98
13.93
 13823.17
57.28
 131.24
0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda nechta yuk avtomobili ortiqcha yuk bilan harakatlandi?

yuk

Avtomobil yo‘llarining soz holatda saqlanishini ta’minlash, sifat ko‘rsatkichlari buzilishini oldini olish maqsadida Transport nazorati inspeksiyasi, YHXB va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillarining vazn parametrlari belgilangan me’yorlarga amal qilgan holda harakatlanishini nazorat qilish maqsadda nazorat-reyd va profilaktik tadbirlar olib bordi.

3 572 ta ma’muriy bayonnoma

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 oyi davomida qo‘shma reydlar davomida 697 469 ta yuk avtomobilining vazn parametrlarini aniqlash uchun tarozi nazoratidan o`tkazildi. Belgilangan me’yorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlanib, qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 3 572 nafar haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Chinoz tumanidagi vazn oʻlchovchi koʻchma tarozi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralari orqali oʻtkazish punktlarida, avtomobil yoʻllarida xorijiy va milliy transport vositalarining vazn hamda hajm parametrlarini nazorat qilish tartiblari belgilangan.

Bu xavfsizligini taʼminlash, avtomobil yoʻllarining taʼmirlararo muddatlargacha buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Ushbu qaror talablarini bajarish maqsadida Toshkent viloyatining Chinoz tumanida vazn oʻlchovchi koʻchma tarozi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tarozi M-39 xalqaro avtomobil yoʻlida yuk olib ketayotgan barcha turdagi yuk avtomobillarining ogʻirligi Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari orqali harakatlanishi uchun belgilangan meʼyoriy oʻlchovlarga mos kelishini nazorat qiladi.

Qoidabuzar haydovchilarga qanday chora ko‘riladi?

Shuni taʼkidlash lozimki, tarozi yordamida transport vositalariga ortiqcha yuk ortilgani yoki transport vositalarining har bir oʻqiga tushadigan ortiqcha yuk ogʻirligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. Bundan koʻrinadiki, viloyatlararo yuk tashuvchi barcha yuk avtomobillari ortilgan yuk vaznini doimiy tarzda nazorat qilishi, ortiqcha yuk ortmasligi kerak. Aks holda jarimaga tortilish mumkin. Bundan tashqari, transport vositasiga ortiqcha yuk ortilgani aniqlangan taqdirda, ortiqcha yuklar tushiriladi va transport vositasi qayta oʻlchanganidan soʻng yoʻlga chiqariladi.

2023-yilda yilda qancha yuk tashilgan?

Ma’lumot uchun, 2023-yilda jami 1 mlrd. 383 mln. tonna yuk tashilgan(2022-yilga nisbatan 102 foiz). Shundan 73,8 ming tonna (101%) temir yo‘l, 9 ming tonna (87%) avia hamda 1 309 tonna (102%) avtotransport vositalari hissasiga to‘g’ri keladi.

48 mlrd. 818 mln. tonna-km yuk aylanmasi (2022-yilga nisbatan 106 foiz);

·       temir yo‘l 27 mlrd 55 mln tonna-km (108%), 

·       avia 226 mln tonna-km (70%),

·       avtotransport 21 mlrd 536 mln tonna-km (105%).

61,4 mln. tonna xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashildi (2022-yilga nisbatan 114,5 foiz).

eksport – 16,3 mln tonna (106%), 

import – 31,4 mln tonna (120,6%).

tranzit 13,7 mln tonna (112,7%).

Qulagan ko‘prik

Eslatib o‘tamiz, 2-oktyabr kuni soat 20:00 lar atrofida Toshkent viloyati Piskent tumanida ko‘prik qulab tushgandi. Holat ko‘prik ustidan og‘ir yuk mashinasi o‘tayotganda sodir bo‘lgan va uning tirkamasi kanalga qulab tushgan.