Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +16° kechasi +9°

O‘zbekistondan yillar davomida qancha tranzit yuklari tashilgan?

2024-yil yanvar-iyun oylarida tashilgan yuklarning 4,1 mln. tonnasi temir yo‘llari orqali tashilgan bo‘lib, bu (jami yuk hajmiga nisbatan 77,9 %ga to‘g‘ri keladi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan yillar davomida qancha tranzit yuklari tashilgan?

2024-yil yanvar-iyun oylarida tashilgan yuklarning 4,1 mln. tonnasi temir yo‘llari orqali tashilgan bo‘lib, bu jami yuk hajmiga nisbatan 77,9 %ga to‘g‘ri keladi.

2024-yilda tashilgan yuklar hajmi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashilgan (avtomobil va temir yo‘l transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 5,3 mln. tonnani tashkil etgan. 

O‘zbekistonning tranzit imkoniyatlariga ko‘plab davlatlar qiziqish bildiradi. Markaziy Osiyoning ham markazida joylashgan davlat bog‘lovchi tarmoq sifatida xizmat qilishi ham tabiiy. Bu davlat iqtisodiyotiga ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Yaqinda Qozog‘iston ham O‘zbekistonning bu imkoniyatlaridan foydalangan holda elektr energiyasini tashimoqchi bo‘lgan edi.

2023-yil yanvar-sentyabr oylari

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashilgan (avtomobil va temir yo‘l transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 6,8 mln. tonnani tashkil etgan.

Tranzit yuklarning 5,5 mln. tonnasi temir yo‘l transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 80,3 %) tashilgan.

Tranzit yuklarning 1,3 mln. tonnasi (jamiga nisbatan 19,7 %) avtomobil transporti orqali tashilgan.

2022-yil qancha yuk tashilgan?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha tashilgan (avtomobil va temir yo‘l transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 9,2 mln. tonnani tashkil etgan.

Bunda tranzit yuklarning 7,5 mln. tonnasi temir yo‘l transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 81,8 %) tashilgan bo‘lsa, 1,7 mln. tonnasi avtomobil transporti orqali tashilgan.