$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

10-yanvardan Eron oʻzbek haydovchilaridan undiriladigan yigʻimlar miqdorini kamaytirdi

transport

Eron hududi orqali avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishda undiriladigan yig‘im va to‘lovlar kamaytirildi.

400 AQSh dollariga kamaytirildi

Transport vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning eksport va import yuk tashuvlarini Eron hududi orqali rivojlantirish, Eronda milliy haydovchilarimizdan undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni qisqartirish bo‘yicha Transport vazirligi tomonidan qator tizimli ishlar olib borilishi natijasida 2025-yil 10-yanvardan boshlab, Eron tomoni o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdorini 400 AQSh dollariga kamaytirdi.

Yig‘imlar yanada qisqartiriladi

Shu bilan birga, Transport vazirligi tomonidan Eron hududida O‘zbekiston milliy tashuvchilaridan undiriladigan yig‘imlarni yanada qisqartirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Avvalroq, har qanday transport turida tovar eksporti uchun subsidiyalar bekor qilingani haqida xabar bergan edik.

1-noyabrda esa “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda transport xarajatlarini qoplab berishi haqida ma’lum qilingandi.

Теги :
Jamiyat