$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Maktab va bog‘chalardan olingan osh tuzi namunalarning har uchtadan bittasida yod miqdori talabga javob bermaydi

tuz

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Senat Raisi Tanzila Norboyeva Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitalari o‘zaro hamkorlikda “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etilishi holatini atroflicha o‘rganganini qayd etdi.   

Yod tanqisligi dolzarb muammo

— Yod tanqisligi ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgani kabi biz uchun ham o‘ta dolzarb hisoblanadi, – dedi T.Norboyeva. — Tabiiy-iqlim sharoitimiz mazkur masalaga tizimli yondashib, muntazam chora-tadbirlar ko‘rib borishni taqozo etadi. Biroq, tahlillar ushbu yo‘nalishda e’tiborni kuchaytirish zarur bo‘lgan jihatlar borligini ko‘rsatmoqda. E’tibor qiling, o‘tgan yilning to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra, birgina osh tuzi bo‘yicha o‘tkazilgan 263 namunadan 65 tasida yoki chorak qismida, savdo va umumiy ovqatlanish joylari hamda maktab va bog‘chalardan olingan namunalarning esa o‘rta hisobda har uchtadan bittasida – yod miqdori belgilangan talabga javob bermasligi aniqlangan. Qadoqlarga yodlangan osh tuzi deb, aslida yodlanmagan texnik tuz solinayotgan holatlar ham bor. Qo‘mitalarimiz mazkur dolzarb masalaga e’tibor qaratganlari va mutasaddi tuzilmalarga zarur vazifa, ko‘rsatmalar berganlari yaxshi, albatta. Biroq, shu bilan to‘xtab qolmaslik kerak.

O‘zbekistonda yana yod tarqatish rejalashtirilmoqda

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi taqdim etilgan edi

Qonun loyihasi aholining endemik buqoq va yod yetishmasligi bilan bog‘liq boshqa kasalliklardan himoya qilish, bolalar, o‘smirlar va reproduktiv yoshdagi ayollarda yod tanqisligi oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan. Ushbu hujjat yod yetishmasligi profilaktikasini to‘liq amalga oshirish uchun osh tuzini yodlash qoidalarini takomillashtirish va sifatli yodlangan mahsulotlar bilan ta’minlashni kuchaytirishni nazarda tutadi.

Теги :
Jamiyat