$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Omadli hafta: O‘zbek futbolida nima gaplar?

UFA

O‘zbekistonning xorijda to‘p tepadigan futbolchilari FIFA kunlari munosabati bilan terma jamoa ixtiyoriga qo‘shildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7-oktyabr kuni Jahon chempionati saralash bahslarining Eron va BAA terma jamoalariga qarshi o‘yinlar oldidan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi. Bosh murabbiyimiz Srechko Katanes salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra ushbu yig‘inda qatnasha olmaydi. Ikkita uchrashuvga jamoamizni yordamchi murabbiylar Aleish Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlashadi.

Abduqodir endi ikkinchi

Kuni kecha Transfermarkt portali Fransiya chempionatida to‘p tepayotgan futbolchilarning transfer narxini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi ikki baravarga oshdi va 5 million yevroga yetdi. Bunga qadar Husanovning narxi 2,5 million edi. Xusanov bu natija o‘laroq o‘zbekistonlik futbolchilar orasida narx bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Ayni paytda eng qimmat o‘zbekistonlik futbolchi Abbos Fayzullayev hisoblanadi - 6 million. Husanov esa Eldor Shomurodov bilan birga ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Turkiyani zab etayotgan Husniddin Aliqulov

Transfermarkt nashri Turkiya chempionati futbolchilarining yangilangan transfer narxini ham e’lon qildi. Ushbu chempionatda to‘p tepuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Azizbek Turg‘unboyevning transfer narxi o‘zgarmadi va hali hamon 1 million yevroni tashkil qilmoqda. Terma jamoamizning boshqa bir futbolchisi Husniddin Aliqulovning transfer narxi o‘zgardi. Uning transfer narxi 300 ming yevroga oshdi va endilikda himoyachimiz 1,5 million yevroga baholanmoqda. Aliqulov jamoasining so‘nggi o‘yinida mavsumdagi uchinchi golini urib, o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Abbos RPLni “yondiryapti” 

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev Rossiya chempionatida yana tur ramziy jamoasiga kiritildi. Yarim himoyachimiz "Match TV" nashrining ramziy jamoasidan joy olgan. Abbos ushbu Turda "Dinamo" darvozasiga gol kiritib, jamoasining g‘alabasiga hissasini qo‘shgandi. Fayzullayev avvalroq o‘tgan tur o‘yinida ham dubl qayd etib, 10-tur ramziy jamoasiga kiritilgandi. Abbosbek Fayzullayev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasida to‘qqizta uchrashuvda ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Mamlakat kubogida esa to‘rtta o‘yinda jamoadoshlarini uch marotaba golli pas bilan ta’minlagan.

KXDR bilan o‘yin taqdiri hal bo‘lish arafasida

O‘zbekiston terma jamoasi 19-noyabr kuni safarda JCH saralashi doirasida KXDRga qarshi bahs olib boradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining KXDRga qarshi mazkur uchrashuvi Laos mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Bu bo‘yicha tashkiliy masalalar olib borilyapti. Biroq hozircha Osiyo futbol konfederatsiyasi o‘yin Laosda o‘tishini tasdiqlamagan.

Теги :
Jamiyat