Yer olib berishni va'da qilgan firibgar
20 sotix yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo'lgan fuqaro qo'lga olindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Yer olib berishni va'da qilgan firibgar
20 sotix yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo'lgan fuqaro qo'lga olindi.
Tezkor tadbir
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o'tkazildi.
Ma'lum bo'lishicha, fuqaro U.M boshqa bir fuqaro N.X. ning ishonchiga kirib unga yer olib berishni va'da qilgan.
Yer hujjatlari evaziga 40 ming "ko'kida"
Qonunbuzar "Navbahor" qo‘rg‘oni hududidan 20 sotix yer maydonini tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib N.X.ga olib berish evaziga 40 000 AQSH dollari talab qilgan.
U pullardan 5 000 dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga tushdi.
Jinoyat ishi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



