$
 12786.98
12.0
 13753.68
-160.83
 130.27
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi nizoga yechim taklif qildi

Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida Yaqin Sharqdagi nizoning yagona yechimini ma’lum qildi.

Mustaqil Falastin davlati masalasi

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, yetakchi davlatlar o‘rtasidagi raqobat va ishonchsizlik muhiti keskin kuchaymoqda, ziddiyat va urush o‘choqlari ko‘payib, turli xavf-xatarlar yanada ortmoqda.

“Mazkur ko‘p yillik nizoning yagona yechimi xalqaro me’yoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq, 1967-yildagi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tuzishdir”, — dedi prezident.

Arab-musulmon davlatlari sammiti

Mirziyoyev BMTning Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoraladi.

“Keyingi hafta Ar-Riyod shahrida o‘tadigan arab-musulmon davlatlari sammitida bu muammoga aniq siyosiy yechim topilishiga umid qilamiz”, — dedi davlat rahbari.

BRIKSdagi nutq

Shuningdek, Mirziyoyev BRIKS sammitida ham Yaqin Sharq masalasiga to‘xtalgan edi. Unda prezident mojaro tobora keskinlashib borayotgani, bu mintaqa qo‘shni mamlakatlar va yirik davlatlarning bu mojaroga tortilishi bilan global inqirozning yirik o‘chog‘iga aylanib borayotganini alohida tashvish bilan qayd etgan.

“Biz G‘azo va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiani qalbimizdagi og‘riq hissi bilan qabul qilyapmiz. Tinch aholi, ayniqsa, bolalarning begunoh qurbon bo‘lishini hech qanday siyosiy maqsadlar oqlay olmaydi. Isroil-Falastin muammosining yagona yechimi – “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘lib qolmoqda”, – degan Mirziyoyev.

Теги :
Jamiyat