$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekistonliklar yangi yilni qorsiz kutib olishadi

yanvar

“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, O‘zbekiston hududi bo‘yicha 2025-yil yanvar oyining birinchi yarmida anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Bu yilgi yanvar iliq kelishi kutilmoqda

Yanvar — qish faslining o‘rtasi bo‘lib, u iqlim xususiyatlariga ko‘ra yilning eng sovuq oyidir. Ma’lum qilinishicha, havo harorati yanvar oyi boshi uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, kechalari 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha harorat kechalari 3-8 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda 10-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Harorat kechalari 10-12 daraja daraja sovuqqacha, shimolda 17-20 daraja sovuqqacha qisqa davrga pasayishi ehtimoli bor.

Oyning ayrim kunlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalgi yillarda yil boshi qanday boshlangan?

Meteorologlarning ta’kidlashicha, yanvar oyi O‘zbekistonda har doim ham eng sovuq oy bo‘lavermaydi. 2002—2003-yillarda dekabr oyi yanvar va fevral oylariga nisbatan eng sovuq oy bo‘lgan. 2013—2014-yillarning fevral oyi esa dekabr va yanvar oylariga nisbatan eng sovuq bo‘lgan.

O‘zbekistondagi barcha qish oylari kabi, yanvar oyi ham iliq va sovuq davrlar o‘rin almashib turishi bilan ajralib turadi. Butun yanvar oyi sovuq bo‘lgan yillar juda kam kuzatiladi.

Barcha kuzatuv davrlari uchun hududning katta qismi bo‘yicha 1969 va 2008-yillarda yanvar oylari eng sovuq bo‘lib, me’yordan 8-12 darajaga past bo‘lgan, ushbu asrda esa 2006 va 2023-yillarning yanvar oylari eng sovuq bo‘lib, me’yordan 4-7 darajaga past bo‘lgan.

So‘nggi yillarda sovuq yanvar oylariga qaraganda iliq yanvar oylari tez-tez takrorlanmoqda.

Bu global iqlim o‘zgarishi va ekologik omillar bilan bog‘liq.