$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Iqlim o‘zgarishi tufayli yalqovlar yo‘qolib ketish xavfi ostida

positive

Umrining asosiy qismini daraxtlarda o‘tkazadigan bu jonivor haqiqatan ham o‘z nomiga munosib tarzda yalqov — juda sekin harakatlanadi. Markaziy va Janubiy Amerikaning tog‘li hududlarida yashovchi yalqovlar iqlim o‘zgarishi tufayli eng xavfli vaziyatga tushib qolishadi. New York Post nashrida ilmiy ishi natijalari chop etilgan tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdi.

Ular havo haroratiga zaif

Yalqovlar nafaqat sekin harakat qilib qolmasdan, organizmida modda almashinuvi ham sust kechadi, ushbu omillar ular sayyoramizda haroratning ko‘tarilishiga zaifligini anglatadi. 2100-yilga borib sodir bo‘lishi prognoz qilingan haroratning 2–6°C ga ko‘tarilishi ham bu hayvon uchun juda qiyin kechadi.

Yalqovlar iqlim o‘zgarishiga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini tushunish uchun britaniyalik olimlar eksperiment sifatida hayvonlarning kislorod iste’molini va haroratning oshishini taqlid qilish sharoitlarda ularning tana haroratini o‘lchashdi. Eksperimentda tog‘li va pasttekislik hududlarida yashovchi ikki barmoqli yalqovlar sinovdan o‘tkazildi. Bu hayvonlarning metabolik faolligi usulini aniqlash imkonini berdi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sekin modda almashinuvi yalqovlar organizmining harorat ko‘tarilishiga moslashishini deyarli imkonsiz qilib qo‘yadi: yalqovlar ortib borayotgan energiya sarfini qoplash uchun oziqlanishni ko‘paytira olmaydi.

Yagona najot

Hozirgi vaqtda yalqovlar uchun yagona najot harorat pastroq bo‘lgan baland tog‘larga migratsiya bo‘lishi mumkin. Biroq bunday uzoq yo‘lni juda sekin harakatlanadigan yalqovlar umuman bosib o‘ta olmaydi.

Теги :
Jamiyat