11 oyda bozor xizmatlari necha foizga o‘sgan?
Statistika agentligi aloqa va axborotlashtirish, moliya va ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari haqida ma’lumot berdi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (126,0 %) moliyaviy (120,8%) va ta’lim sohasidagi (113,1%) xizmatlarda yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari eng yuqori darajada o‘sgan
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari foiz ko‘rsatkichida:
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 126,0 %
Moliya xizmatlari — 120,8 %
Ta’lim sohasidagi xizmatlar — 113,1 %
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 112,4 %
Savdo xizmatlari — 111,7 %
Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 111,1 %
Transport xizmatlari — 109,4 %
Sg‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 109,2 %
Shaxsiy xizmatlar — 108,9 %
Me’morchilik, muhandislik sohasidagi xizmatlar — 106,5 %
Ijara xizmatlari — 105,4 % ni tashkil etgan.



